Ki fakulteti ax 12 20 guruh talabasining
Tavakkalchilikni o‘lchash uslublari
Download 271.34 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Mustaqil ish
Tavakkalchilikni o‘lchash uslublari.
Tavakkalchilikni baholashda taxminiy hisoblar uslubiy asos sifatida qabul qilinadi. Xo‘jalik tavakkalchiligi tavsifiy elementlarining o‘zini namoyon qilish shakllari yaxshi va yomon natijalar kelib chiqishi extimolining bir xilligi bilan belgilanadi. Bu turdagi extimollik me’yorlashgan oraliqda noldan (to‘la muvaffaqiyatsizlik) to birgacha (100% to‘la muvaffaqiyat) o‘zgaradi va aynan u tavakkalchilik darajasini belgilaydi. Tavakkalchilik darajasining o‘lchovi tavakkalchilik koeffitsiyenti yordamida aniqlanadi 1 (tavakkalchilik indeksi): Ut =M/M* bu yerda: M -salbiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori ya’ni taxminiy zarar miqdori. M* - ijobiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori, ya’ni ishbilarmonlikning rejalashtirilgan daromadi yoki foyda. Ijobiy sohada xodisaning yuz berish extimoli oshsa, tavakkalchilik kamayadi, qolaversa, ijobiy sohada daromadlar ko‘paysa yoki salbiy sohada yo‘qotishlar kamaysa ham tavakkalchilik kamayadi. Aks holda tavakkalchilik ortib boradi. Tavakkalchilik koeffitsiyenti bu sohadagi o‘zgarishlarni hisobga olingan noaniqlik chegarasida aks ettiradi. Tavakkalchilik koeffitsiyentini qo‘llab tavakkalchilikning empirik shkalasini tuzish mumkin. Agar berilganlar yetarli bo‘lsa, unda real iqtisodiy sharoit uchun tavakkalchilik koeffitsiyentining miqdori qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash mumkin. Tavakkalchilikga baxo berishda ko‘p turli statistik, xisob analitik va ekspert uslublariga asoslangan usullardan foydalanadilar. Statistik usul amaldagi hollarda yuz bergan yo‘qotishlar dinamikasini ko‘zatishga imkon yaratadi va ular asosida, yoki zarar ko‘rish extimolligining egri chizig‘i chiziladi, yoki tavakkalchilik harajatlarining miqdor ko‘rsatkichi topiladi. Ekspert usuli ekspert yordamida baholash nomi bilan mashxur. U mutaxassislarni, tajribali ishbilarmonlarni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar analitik ekspertizani bir necha ekspertlar olib borsa, ularning har biri tavakkalchilik extimoli va yo‘qotish saviyasini o‘zi alohida baholashi kerak. Shundan keyin o‘rtacha miqdorlar hisoblanishi mumkin. Bu ma’lumotlar daromadni yo‘qotish saviyasining ekspertizaviy egri chizig‘ini ko‘rish uchun ishlatilishi mumkin. Download 271.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling