Kiberhuquq va kiberetika


Download 3.78 Mb.
bet37/57
Sana08.11.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1755424
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Bog'liq
kkkkhe

Topshiriq:

  1. Amaliy ishning ketma-ketligi bilan tanishing;

  2. Amaliy ish bo'yicha tahlil o‘tkazing va hisobot tayyorlang.

  3. Test savollariga tayyorlaning.

Nazorat savollari:

        1. Ochiq kodli dasturiy ta'minot siyosati nima uchun kerak va ular nimani o'z ichiga olishi kerak?

        2. Ochiq kodli dasturiy ta'minot siyosati nimani ta'minlashi kerak?


10-AMALIY ISH.
SHADOW DEFENDER DASTURINI ISHLASH PRINTSIPLARINI O’RGANISH, DASTURIY TA’MINOT XAVFSIZLIGINI BAJARILISH PRINTSIPLARI.
Ishdan maqsad: Shadow Defender dasturini ishlash, dasturiy ta’minot xavfsizligini bajarilish printsiplarini o’rganish.
Nazariy ma`lumot
Shadow Defender – bu dastur Operatsion Tizimni soya rejimida ishga tushiruvchi vazifasini bajarib, bu rejimda barcha bajarilgan amallar keying windows OT qayta ishga tushurilgunga qadar qattiq diskda saqlanib turadi. Tizim qayta ishga tushirilgandan so’ng esa barcha o’zgarishlar o’chib ketadi. Soya rejimi o’chirilganidan so’ng tizim fiksirlangan holatiga qaytadi.
Soya rejimi” Windowsda – asosan kompyuterdan begona odam yoki yosh bola foydalanganda yoki Internetga kirganda zararkunanda dasturlarni bexosdan tizimga tushib qolishini oldini oladi. Tizimda ishonchsiz manbadan olingan dasturlarni sinab ko’rish va tizim sozlanmalarini o’zgartirish kabi amallarni bajarganda zarar keltirishini oldini olishga ham yordam beradi.
Soya rejimida bajarilgan amallar va o’zgartirishlar tizim qayta ishga tushirilganda o’chib ketadi bu esa soya rejimida ishlash mobaynida tizimga tushgan viruslar, troyan dasturlar, tizim sozlanmalari o’zgartirilgan holatlari daslabki holatiga qaytadi.
Shadow defender “Soya rejimi” himoyalovchi rejim ham deb ataladi. Bu dastur ishlash prinsipidan kelib chiqgan holda “Himoyalovchi soya” deb ham ataladi. Soya rejimida ishlash jarayonida kompyuter turli xil zararlardan himoyalangan holatda bo’ladi.
1-rasm. Qattiq disk holati
Shadow defender interfeysi juda qulay hisoblanib, qattiq disk haqidagi ma’lumotlar raqamlar bilan aniq qilib yozilib qo’yilgan. Agar qattiq disk hajmi to’lib qolgan bo’lsa birdan e’tiborni qaratish uchun qulay hisoblanadi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling