Kibermakondagi diniy


-mavzu. «Kibermakondagi diniy jarayonlar»


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

1-mavzu. «Kibermakondagi diniy jarayonlar» 
fanining predmeti va vazifalari 
Reja: 
1. «Kibermakondagi diniy jarayonlar» faniga kirish. 
2. Fanning predmeti, masadi va vazifalari. 
3. Kibermakon tushunchasi va uning asosiy vositalari. 
Tayanch so‘zlar: 
Kibermakon, internet, raqamli texnologiyalarda din, diniy-ma’naviy 
jarayonlar, VR texnologiya, raqamlashtirish konsepsiyalari 
1. «Kibermakondagi diniy jarayonlar» faniga kirish. 
Kibermakon inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan axborot-
kommunikasiya texnologiyalari orqali ma'lumotlar oqimini boshqarish 
tizimidir. Umuman olganda, kibermakon vaqt va makon chegarasini yorib 
o‘tish imkoniyatini kengaytirdi. Bu esa, o‘z navbatida, moliyaviy 
qiyinchiligi yoki jismoniy kamchiligi bo‘lgan insonlarga ma'lum diniy 
amallarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.
Kibermakon dunyo kompyuter tarmoqlarining «virtual» umumiy 
majmui. Ushbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning «Neyromant» 
(«Neuromancer») romanida qo‘llanilgan, hozir esa global axborot 
makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, «chatlar», turli 
onlayn bahslar, kompyuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda. 
Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy vositalari sifatida 
quyidagilarni aytish mumkin: internetga chiqish imkoniyati mavjud mobil 



telefonlar; onlayn pultli o‘yinlar; videoqurilmalar; tarmoqdan tashqarida 
foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta'minotlar. Bu kabi vositalar 
kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda, 
mazkur makondagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada yuqoriligini 
anglatadi. 
Kibermakonda din omilining o‘rni ortgani sari olimlar va 
tadqiqotchilar tomonidan diniy jarayonlarni o‘rganish ko‘lami ortib bordi. 
Xususan, dastlabki tashkil etilgan onlayn forumlar va jamoalar din haqida 
fikr-mulohazalar bo‘lishish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, diniy 
omilning kibermakonga dastlabki trasformasiyasi deb baholandi. 
1980 yillarning o‘rtalaridan dinlarning Internet tarmog‘ida paydo 
bo‘lishi diniy amaliyotning ilk bosqichi bo‘ldi. 90-yillardan Internet 
brauzerining bepul joriy etilishi internetdan to‘g‘ri maqsadlarga 
yo‘naltirilgan diniy targ‘ibot va tashviqot makoni sifatida foydalanish 
bilan bir qatorda, turli buzg‘unchi kayfiyatdagi terroristik va ekstremistik 
tashkilotlar tomonidan ham keng istifoda etish ishlari jadallashdi. Bugungi 
kunda ma'lumotlar oqimi doirasida diniy axborotlarning to‘g‘ri va xolis 
etkazilishi davlatlar va dinlararo totuvlikni ta'minlovchi etakchi 
vositalardan biriga aylangan. Bir so‘z bilan aytganda, diniy sohada 
barqarorlikni ta'minlash va mustahkamlash jamiyat hayotining muhim 
strategik yo‘nalishini tashkil etadi. 
Raqamli texnologiyalardagi diniy jarayonlar bilan bog‘liq ob'ektiv 
va sub'ektiv omillar dialektikasini teran anglash kibermakonda 
kechayotgan diniy jarayonlarda namoyon bo‘layotgan muammolar 
echimini topishga yordam beradi. 



Internetning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ilk sodda ko‘rinishdagi 
ma'lumot uzatuvchi veb shaklidan, bugungi kunda keng ommalashgan 
«web 2» hamda «web 3», ilmiy yo‘nalishlarda esa «Deep web» hamda 
jinoyatchilik o‘chog‘iga aylangan «Dark web» kartografiyalarini qamrab 
oldi. Mazkur segmentlarda diniy jarayonlarning amalga oshirish yo‘llari 
sifatida muloqot, ma'lumot, ta'lim, tajriba, amaliyot, missionerlik
marketing, tabobat va boshqalarni keltirish mumkin. 
Kibermakondagi diniy jarayonlar tahlili bugungi kunda barcha dinlar 
internetni o‘z missiyalarini amalga oshirish makoni sifatida qarashlarini 
ko‘rsatdi. Internetni diniy targ‘ibot samaradorligini oshirish, dindorlar va 
diniy uyushmalar o‘rtasida muloqotni yanada mustahkamlashga imkon 
beradigan Real hayotdagi diniy faoliyatning o‘ziga xos to‘ldiruvchisi 
sifatida ko‘rish mumkin. Axborot uzatish ilg‘or texnologiyalarining 
rivojlanishi, diniy axborot va bilimlarning tobora ommalashib borishi 
dinning Bunyodkor mohiyatini keng targ‘ib qilishda qulay, kamxarj va 
tezkor texnologiyalardan foydalanish tizimini shakllantirishni strategik 
ahamiyatga molik masala ekanini ko‘rsatadi. 
Dunyoda Islom dini ulamolari nomidan ish yurituvchi veb 
saytlarning ishga tushirilishi ulardan Internet orqali savol yo‘llash 
imkoniyatini yaratdi. Onlayn fatvo olish amaliyotining ijobiy jihatlari 
bilan bir qatorda, salbiy ko‘rinishlari ham namoyon bo‘la boshlandi. 
Xususan, bunda yirik ulamolar nomidan yolg‘on fatvo berish hamda fatvo 
berishdagi holat va vaziyatni tushunmaslik oqibatida ma'lum bir insonning 
vaziyatidan kelib chiqib berilgan xos onlayn fatvoga holati va maskani 
boshqa insonlarning ergashib ketish holatlari kuzatildi. 



O‘zbekiston hududida Internet segmenti faollashishi bilan undan 
diniy maqsadlarda foydalanish amaliyoti vujudga keldi. Xususan Islom 
dini vakillarining savollariga javob berish maqsadida faoliyat yuritib 
kelayotgan fatvo saytlari ma'luomtlari tahlili shuni ko‘satdiki, fatvo 
so‘rashda insonlar tomonidan asosan ibodatga oid hamda oila va 
turmushda yuzaga keladigan masalalarga to‘g‘ri ko‘rsatma olish 
maqsadida foydalaniladi.

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling