Kibermakondagi diniy


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1. Rivojlangan davlatlar tajribasi yoshlar o‘rtasida onlayn 
muloqotning zararlari haqida ma’lumot bering. 
2. Ijtimoiy tarmoqlar siyosatida zo‘ravonlik mazmunidagi 
ma’lumotlarni tarqamaslik haqida qabul qilgan siyosati nimalardan 
iborat?
3. Kibermakondagi ruhiy tahdidlarga turib berish uchun 
mutaxassilar tomonidan qanday tavsiyalar berilgan? 
4. Dunyo tajribasida terrorchilik ruhidagi kontentlardan xabardor 
qilishning onlayn mexanizmlari qanday? 
 
 
 


154 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Tulepov A. Internetdagi tahdidlardan himoya: yordamchi o‘quv 
qo‘llanma. 
Mas’ul 
muharrir 
A.Hasanov. 
–Toshkent: 
«Movarounnahr», 2016. – 672 b. 
2. Abdullaeva M.Z. Kibermakondagi xatarlar // ma’naviy hayot. – 
Toshkent, 2019. - № 2. – B. 100-101. 
3. Abdullaeva M.Z. Kibermakondagi tahdidlardan himoya usullari // 
zamonaviy jamiyatda innovasion taraqqiyot va ijtimoiy-gumanitar 
fanlar integrasiyasi. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi 
materiallari. – Toshkent: O‘zxia, mart 2019. – B. 44-45. 
4. Alimov B., Toshpo‘latova N., Abdullaeva M., Arifxanova S. 
Ommaviy axborot vositalarida zo‘ravon ekstremizm, radikalizm. 
O‘quv amaliy qo‘llanma. – Toshkent: Baktria press, 2019. – 144 b. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


155 
13-Mavzu. «Kibergigiena» tahdidlarga qarshi 
kurashishda samarali vosita 
 
Maxsus xakerlik dasturlari orqali kompyuter boshqaruvi 
tarmoqlarini egallab olish, viruslar yordamida kompyuter tarmog‘ini 
ishdan chiqarish kabi xunrezliklarni amalga oshirish kiberterrorchilik deb 
atalmoqda. Bugungi kunda aynan ushbu tushuncha axborot-
kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi ko‘p turdagi jinoyatlarni 
o‘zida birlashtirgan. Virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid 
axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish 
(spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, 
mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami va rekvizitlarini 
o‘g‘irlash (fishing va farming) hamda boshqa turli virtual jinoyatlar shular 
jumlasidandir. Ushbu holatlarda jinoyatchilar o‘zlarini qiziqtirgan 
«ob’ektlar»ga moddiy va ma’naviy zarar etkazishni o‘z oldiga maqsad 
qilib qo‘ymoqda. Bunday zararlar foydalanuvchilarning ma’naviy va 
texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holda rivojlanib 
bormoqda. Ulardan himoyalanish maqsadida fanga «kibergigiena» 
atamasi kirib keldi. 
«Kibergigiena» atamasi turli soha mutaxassislari tomonidan tez-tez 
foydalanilmoqda. Masalan, advokat Stanislav Kuznesov «kibergigiena» 
atamasini «ineternet bilan ishlash jarayonida boshlang‘ich raqamli 
xavfsizlik asoslariga amal qilish», kompyuter texnologiyasi mutaxassisi 
Kris Bruk «kompyuter va boshqa qurilma foydalanuvchilari tizimini 


156 
muntazam ishlashiga hamda onlayn xavfsizliklarini oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar amaliyoti» deb ta’riflagan.
Olim Anna Kozirevaning «kibergigiena»ga berilgan ta’riflarni 
o‘rgangan holda quyidagi xulosaga kelgan: «foydalanuvchilar tomonidan 
shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash hamda zamonaviy 
informasion kommunikasion texnologiyalardan foydalanilgan holda 
amalga oshiriladigan jinoyatlardan konfidentsial ma’lumotlarni 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli tadbiq etiladigan texnik 
xavfsizlik choralari».
«Kibergigiena» madaniyati oshirish yangi soha bo‘lsa-da, mazkur 
yo‘nalishda dunyo tajribasida bolalarga qaratilgan dasurlar tadbiq 
etilmoqda. Isroil davlatida bog‘cha yoshidagi bolalarga «kibergigiena» 
amaliyotini o‘rgatish, Vologda shahridagi «lider» o‘msirlar markazida 12-
18 yoshdagi o‘smirlarga mo‘ljallangan «Kibergigiena» qo‘shimcha fanini 
o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
«Kibergigiena» madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar 
kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlar sonining kamayishiga hamda 
shaxs kiberxavsizligini ta’minlashga olib keladi. Buning uchun 
mutaxassislar quyidagi texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilishni 
maslahat beradilar: 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling