Kibermakondagi diniy
Yoshlarni tahdidlardan himoya qilishga oid mutaxassislar
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
Yoshlarni tahdidlardan himoya qilishga oid mutaxassislar
tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda «onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» ishlab chiqilgan. Unda tahlikali sharoitlarda o‘zini muhofaza qilish, xavf-xatarlar va tahdidlardan himoyalanishning murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalari berilgan. Qo‘llanmada berilgan tavsiyalarni internetda ishlash vaqtida esda tutish samarali natija beradi. 150 Jumladan, unda ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning Internet tarmog‘idan foydalanish vaqti qanday taqsimlanishi lozimligi borasidagi maslahatlari keltirilgan: 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar – kuniga 1 soat. Mazkur yosh skelet mushaklar funktsiyalarining o‘zgarishi, tez o‘sishi va rivojlanishi, yangi harakat, mehnat ko‘nikmalarining vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. O‘smirlar harakat apparati, bosh miyada harakat nerv markazlari shakllanib tugay boshlaydi. 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar – kuniga 1,5 soat. Bu davr bolaning bo‘yi, vazni tez ortishi, jinsiy bezlarning intensiv funktsiyalanishi bilan xarakterlanadi. 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar – kuniga 2 soat. Bu davrda yurish-turish uchun zarur mushaklar rivojlanadi. O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan, Internet tarmog‘ida vaqt o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad «Internetga qaramlik», ko‘rish qobiliyatining pasayishi («quruq ko‘z» sindromi), umurtqa pog‘onasining qiyshayishi (skalioz), qomatning buzilishi (bukchayish) kabi kasalliklardan asrashdan iborat 9 . 2018 yilda O‘zbekiston «kibermakonda xavfsizlik va ishonch haqidagi Parij deklarasiyasi»ni qo‘llab-quvvatlagan va qo‘shilgan. Parijda 2018 yilning 12-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan «Internetni boshqarish forumi» (Internet Governance Forum) natijalariga ko‘ra, «kibermakonda xavfsizlik va ishonch haqidagi Parij deklarasiyasi» qabul qilingan. Mazkur 9 Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2016 йил 07 апрелдаги Қарорига 1-илова. Онлайн муҳитда ёшларни ҳимоя қилиш бўйича қўлланма. – Б. 13. 151 hujjat kibermakonda xavfsizlikni ta’minlashning umumiy printsiplarini o‘zida mujassam etgan. Unda qayd etilishicha, kibermakon bugungi kunda nafaqat imkoniyatlar makoni, balki yangi tahdidlar manbai hamdir. «Internetni boshqarish forumi»da Parij chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlagan davlatlar, xususiy kompaniya va jamoatchilik tashkilotlari quyidagilarni hamkorlikda amalga oshirishga harakat qiladilar: - onlayn makonda yovuzlikka chaqiruvchi harakatlarning oldini olish va qarshi turish choralarini ko‘rish; - Internet ochiqligi va yaxlitligini himoya qilish; - saylov jarayonlariga aralashmaslik bo‘yicha hamkorlik qilish; - kibervositalar yordamida 151ntellectual mulk huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik; - zararli kiberdasturlar va usullar tarqatilishidan ogohlantirish; - raqamli mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini hamda “kibergigiena” madaniyatini oshirish; - «kiber-buyurtmalar» va nodavlat sub’ektlarning tajovuzkor harakatlariga qarshi choralar ko‘rish; - xalqaro me’yorlarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish. Parij deklarasiyasida belgilanganidek, yoshlarda «kibergigiena» madaniyatini shakllantirish bilan bir qatorda, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko‘nikmasini ham shakllantirish – davr talabi. Shu bilan bir qatorda, dunyo tajribasida tahdidlardan ogoh bo‘lish mexanizmini mobil dasturlar orqali amalga oshirish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, terrorchilik hujumlarining profilaktikasiga mo‘ljallangan mobil ilovalar shular jumlasidan. Frantsiyada xavfsizlikni 152 ta’minlash maqsadida «SAIP» (Système d’alerte et d’information des populations – aholini xabardor qilish va xavfni bildirish tizimi) mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Dastur sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumlar, portlashlar, otishmalar va boshqa tabiiy ofatlardan ogohlantirishga mo‘ljallangan. Xavfli vaziyatlar «SAIP» dasturi foydalanuvchilarining mobil qurilmalariga bo‘lib o‘tadigan hodisa haqida qisqa xabar hamda uning qaerda bo‘lib o‘tishi haqida «ALERT» (ingliz tilidan tarjimasi – «ogohlik») so‘zi bilan tashvish signali yuboriladi. Mobil ilova faqat ogohlantirib qolmaydi, balki shu turdagi hodisalarda harakatlanish qoidasi haqida ko‘rsatma beradi. 2015 yilning noyabr oyida «My Mobile Witness» tashkiloti Nyu- York shtati uchun maxsus «See Something, Send Something» (tar. Biron nimani ko‘rsang, biron nima yubor) dasturini ishlab chiqdi. Ilova yordamida foydalanuvchi shubhali ashyo yoki shaxs haqida ma’lumot yuborishi mumkin. Yuborilgan ma’lumot bevosita Nyu-York polisiyasiga kelib tushadi va har bir xabar alohida o‘rganib chiqiladi. Bugungi raqamli dunyoda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan rasional foydalangan holda kibergigiena qoidalariga amal qilish talab etiladi. Zero, texnikadan foydalanish qoidalarini yaxshi bilamiz, ammo virtual makonda shaxs daxlsizligi va xavfsizligi masalasiga e’tibor qaratmaymiz. Ma’lumotlar oqimi shiddat bilan ortib borayotgan bir vaqtda ularni tanqidiy tahliliy qabul qilish turli zararli toifalarning tuzog‘iga tushib qolmaslikning garovi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2014 yil 26-27 iyun kunlari Farg‘onaga tashrifi chog‘ida «Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat 153 o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi», deb ta’kidlagani bejiz emas. Zero, doimiy ravishda saytlarni nazorat qilishdan ko‘ra, bolalar bilan ishonchli munosabat, ochiq va samimiy muloqotda bo‘lish ancha samarali natijalar beradi. Bugun ana shunday yoshlarni, millat kelajagini ma’naviy buzg‘unchi ijtimoiy illatlardan asrash, bunday qusurlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, ularning oldini olishga qaratilgan kurashni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling