Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
Bulutli xavfsizlik tizimidan foydalanish. Raqamli texnologiyalar
imkoniyatlari kengayib masalalarga echim topish yo‘llari ham soddalashib bormoqda. Shundaylardan biri bu «bulutli» saqlov makoni. Bunda juda muhim ma’lumotingizga ikkinchi bir insonga taqdim etish orqali o‘z ma’lumotlaringizni xavsizligini ta’minlash imkoniyati ortadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda profilingizni begona insonlardan muhofaza qilish maqsadida mahfiyliklarni o‘rnating. Buning uchun platformalarning xavfsizlik bo‘limlaridagi sozlamalaridan foydalaning. Kibermakonda sizga yuborilgan har qanday noma’lum fayllarni ochmang. Ular viruslarni tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Kibergigiena madaniyatini shakllantirishda texnik talablarga rioya qilish bilan bir qatorda g‘oyaviy immunitetga ham ega bo‘lish talab etiladi. Bunda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish tavsiya etiladi. Onlayn tarmoqga o‘zingiz haqingizdagi rasmlarni yoki ichki kechinmalaringizni joylashtirishdan avval fikr qilib ko‘ring. Ma’lumotingizni onlaynda bo‘lgan barchaga oshkor qilishga tayyorligingiz haqida o‘ylang. Zero, bir 159 marotaba joylangan ma’lumotingiz boshqalar tomonidan qaerda va qanday maqsadlarda foydalanishini bilmaysiz. Odatda onlayn muloqot Real voqelikdagi muloqotga aylanish hollari kuzatiladi. Bunda onlayn muloqotda do‘st bo‘lib ko‘ringan inson sizning tasavvuringizdagi inson bo‘lib chiqmasligi mumkin. Agar onlayn tarzda do‘st tutingan insoningiz bilan Real voqelikda uchrashishga ahd qilgan bo‘lsangiz bir o‘zingiz ko‘rishishdan ehtiyot bo‘ling hamda yoningizda hamroh bilan uchrashing. Kibermakondagi do‘stlaringiz hayotda ham tanigan bilgan insoningiz bo‘lishiga erishing. Begona insondan onlayn do‘stlik taklif etilganda uni rad etish bilan qadrdon do‘stlaringiz safi kamaymaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotning maqsadi muloqotga kirivchilar sonini oshirishdan iborat emas. O‘zingizni nomaqbul kontentdan, qo‘pol muomalada bo‘luvchilardan, notanish insonlardan kelgan xatlardan himoya qiling. Bunday vaziyatda muloqotni davom ettirmaslik hamda ularni bloklash tavsiya etiladi. Onlayn muhitda siz bilan sodir bo‘lgan noqulay vaziyat va tushunmovchilik haqida o‘zingiz ishongan insonga aytib maslahatlashing. Zararli kontent haqida saytning qayta aloqa xizmati orqali xabar bering. 160 Onlayn muhitda olib boriladigan har qanday muloqot jarayonida xushmuomala bo‘lishni unitmang. Axloq qoidalariga amal qiling. Sizga qanday muomalada bo‘lishlarini istasangiz, o‘zgarlarga ham shunday muomala qiling. Ma’lumot olayotgan saytingizga e’tiborli bo‘ling. Duch kelgan saytlardan ma’lumot olishdan mashhur saytlardan ma’lumot olish afzal. Ma’lumotlarga tanqidiy nazar bilan qarab solishtirib ko‘ring. Diniy mavzudagi kanallardan to‘g‘ri foydalanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim: Diniy targ‘ibot olib boruvchi kanallarda materiallarni berishda unga rahnamolik qilayotgan din olimi yoki malakaga ega bo‘lgan ulamoga tegishli va ishonchli manba ekanini aniqlash lozim; Kanalda e’lon qilinayotgan materiallarning sof aqidaga mosligini tekshirish uchun yaqin atrofdagi masjidning rasmiy Imom- xatibi yoki Imom noibidan yordam so‘rash; Sayt pasport ma’lumotlarida berilgan boshqa hamkorlarning veb-saytlarini ham o‘rganish zarur; Joylangan ma’lumotni foydalanuvchi sifatida boshqa kishiga yuborishda ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Ma Shuningdek, mutahassislar Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling