Kibermakondagi diniy
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Kibermakondagi diniy jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ochiq hamda bepul Wi-Fi
Chrome” brauzeridan foydalansangiz
Ctrl + ⇧ Shift + N kombinasiyasidan foydalanish lozim. Mazkur tizim «inkognito» deb nomlanadi. Quyidagi rasmda ishga tushgan Oynani ko‘rishingiz mumkin. O‘z Android qurilmangizni himoya qilish usullarining eng mashhurlaridan hisoblangan “PIN kod” yoki “grafika” orqali himoyalashdan foydalanamiz. Ammo ish yuzasidan telefonlarimizda talaygina ma’lumotlarni ham saqlashimiz va qayta ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Ba’zan telefonimizni yo‘qotish holatlariga ham duch kelamiz, bunday sharoitda telefonlarni masofadan turib boshqarishga mo‘ljallangan ilova va dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday dasturlarning ba’zilari sizga masofadan turib mobil qurilmangizni GPS funktsiyasini ham yoqib berishi mumkin. O‘zingizning shaxsiy ma’lumotingizni oshkor bo‘lmasligini istasangiz, masofadan turib mobil qurilmangizdagi ma’lumotlarni tozalash funktsiyasini ishga turishingiz tavsiya etiladi. Shunday ilovalar qatoriga «Life360», «Find my device», «Prey Anti Theft” kabi ilovalarni kiritish mumkin. 163 Bugungi kunda mobil qurilmalarimiz asosiy ish quroliga aylangan bir vaqtda ularni zararli mobil dasturlardan (“Mobile Malware”) himoya qilishimiz zarur. Buning bir necha usili mavjud bo‘lib, bular: 1. Mobil ilovalarni yuklab olish uchun mahsus ilovalar «bozori» «Play market» yoki «App store»lardan foydalaning. Mazkur «bozor»larga joylashtiriluvchi dasturlar dastlabki tekshiruvdan o‘tkazilib, zararsiz deb topilgandan so‘ng yuklab foydalanish uchun joylanadi. 2. Telefonlarni «djeylbrek» qilmaslik lozim. «Djeylbrek» asli inglizcha «jailbreak» – qamoqdan qochish, buzish degan ma’nolarni bildirib, atama sifatida mobil qurilmaning tizim fayllar sozlamalarini buzishga ishlatiladi. Mazkur ishni amalga oshirilganda, mobil qurilma o‘zining tizimini yangisiga avtomatik tarzda yangilay olmaydi, shuning uchun qurilma egasi o‘z bilimi bilan jihozning xavfsizligini ta’minlashi talab etiladi. 3. Mobil qurilmalarning xavsizlik va tizimli sozlamalarini tashkilot tomonidan muntazam yangilanib borishiga erishish lozim. Jamoat joylarida ochiq hamda bepul Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishga shoshilmang. Bunday shaxsiy ochiq Internet tarmog‘i sizga zarar etkazmoqchi bo‘lgan inson domiga tushishingiz uchun qulay muhit 164 manbai hisoblanadi. Bunday ulanish orqali u sizning shaxsiy parollaringiz va loginigizni «o‘g‘irlab» olishi mumkin. Bunday vaziyatlarda bepul Interent tizimiga ulangan foydalanuvchi ommabop qidiruv tizimlaridan foydalanmasligi hamda moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirmaslikni tavsiya etadilar. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling