Kibermakondagi diniy


Xavfsiz veb saytlarni aniqlash bo‘yicha


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/54
Sana17.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1706025
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
Kibermakondagi diniy jarayonlar

Xavfsiz veb saytlarni aniqlash bo‘yicha 
amaliy tavsiyalar quyidagilar: 

Himoyalangan veb saytlarning URL 
manzili 
“https»dan 
boshlanadi. 
Bunday 
saytlardan siz o‘z ma’lumotlaringizni serverga yuborishda ma’lumotlar 
shifrlangan holda etib borishiga amin bo‘lasiz. 

Saytlarning manzili qatorida «yopiq 
qulf» belgisi mavjudligiga e’tibor bering. Mazkur belgini topishning o‘zi 
kifoya qilmaydi, uning ustiga bosganingizda saytning ishonchliligi haqida 
ma’lumot taqdim etiladi. Ular bilan tanishib chiqqandan so‘ng, o‘z shaxsiy 
ma’lumotlaringizni kiritish xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilishingiz 
mumkin. 
Shu bilan bir qatorda, Dunyo tajribasida tahdidlardan ogoh bo‘lish 
mexanizmining mobil dasturlar orqali amalga oshirish amaliyoti ham 
yo‘lga qo‘yilan. Masalan, terrorchilik hujumlarining profilaktikasiga 
mo‘ljallangan mobil ilovalar shular jumlasidan. Frantsiyada xavsizlikni 
ta’minlash maqsadida «SAIP» (Système d’alerte et d’information des 
populations – aholini xabardor qilish va xavfni bildirish tizimi) mobil 
ilovasi ishlab chiqilgan. Dastur sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumlar, 


165 
portlashlar, otishmalar va boshqa tabiiy ofatlardan ogohlantirishga 
mo‘ljallangan. Xavfli vaziyatlar «SAIP» dasturi foydalanuvchilarining 
mobil qurilmalariga bo‘lib o‘tadigan hodisa haqida qisqa xabar hamda 
uning qaerda bo‘lib o‘tishi haqida «ALERT» (ingliz tilidan tarjimasi – 
«ogohlik») so‘zi bilan tashvish signali yuboriladi. Mobil ilova faqat 
ogohlantirib qolmaydi, balki shu turdagi hodisalarda harakatlanish qoidasi 
haqida ko‘rsatma beradi. 
2015 yilning noyabr oyida «My Mobile Witness» tashkiloti Nyu-
York shtati uchun maxsus «See Something, Send Something» (tar. Biron 
nimani ko‘rsang, biron nima yubor) dasturini ishlab chiqdi. Ilova 
yordamida foydalanuvchi shubhali ashyo yoki shaxs haqida ma’lumot 
yuborishi mumkin. Yuborilgan ma’lumot bevosita Nyu-York polisiyasiga 
kelib tushadi hamda har bir xabar alohida o‘rganib chiqiladi.
Bugungi 
raqamli 
dunyoda 
axborot 
kommunikasiya 
texnologiyalaridan rasional foydalangan holda kibergigiena qoidalariga 
amal qilish talab etiladi. Zero, texnikadan foydalanish qoidalarini yaxshi 
bilamiz, ammo virtual makonda shaxs dahlsizligi va xavfsizligi 
masalasiga e’tibor qaratmaymiz. Ma’lumotlar oqimi shiddat bilan ortib 
borayotgan bir vaqtda ularni tanqidiy tahliliy qabul qilish turli zararli 
toifalarning tuzog‘iga tushib qolmaslikning garovi bo‘lib hisoblanadi. 
Buning uchun insonlarning har biri kibergigiena qoidalariga amal qilgan 
holda hamda TOKTER holatlarini payqashlari bilan qayta alaqaga 
murojaat etsalar kibermakonda o‘z-o‘zini boshqarish tizimi samarali 
amalga oishirilishiga erishishimiz mumkin.

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling