Kichik biznes faoliyatini tashkil etish
Download 139.66 Kb.
|
siroj
Kichik biznes- Kichik biznesga o‘zining mustaqil mulki va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan va o‘zining faoliyati sohasida yuqori (dominant) hisoblanmagan firmalar kiradi. Kichik korxonalar quyidagilar tomonidan bunyod etilishi mumkin fuqarolar, ularning oila a’zolari va boshqa birgalikda mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar, davlat, ijara jamoalari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar, xissadorlik jamiyatlari, xo‘jalik jamoalari, shirkatchilar va boshqa yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona va tashkilotlar; davlat mulkini boshqarish huquqiga ega davlat idoralari; belgilan-gan idoralar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslar hamkorlikda; amaldagi ishlab turgan korxona, tarkibidan, ishlovchi jamoa tashabbusi bilan, bitta yoki bir necha tarkibiy bo‘linma korxona mulki egasining roziligi va korxonaning ilgari qa-bul qilgan shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan ajratib olish natijasida tuziladi. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi.
Aylanmasi 500 mln so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar oyiga 1,6 mln so‘m, aylanmasi 1 milliardgacha bo‘lganlar oyiga 2,5 mln so‘m qat’iy belgilangan soliq to‘lashga o‘tadi, dividend solig‘idan ozod bo‘ladi, buxgalteriya hisobini yuritmaydi. Tadbirkorlik- oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bu ishlab chiqarishni resurslar bilan ta’minlash, ular ning samarali ishlatilishini tashkil etish yo‘li bilan tovar va xizmatlarni yaratish, ularni bozorga yetkazib berish va foyda olishga qaratiladi. Tadbirkorlik mehnat faoliyatining bir turi, lekin o‘ta murakkab, xatarli va g‘oyat mas’uliyatli mehnat turidir. Shu sababli tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarishning omillaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik yollanma mehnatdan farqliroq tovar va xizmatlarni yaratish bilan bevosita shug‘ullanmaydi, balki ishlab chiqarishning moddiy va insoniy omillarini birikishini tashkil etish, uning yaxshi natija berishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda tadbirkorlarga soliqlardan turli xil chegirmalar va imtiyozlar berilmoqda. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining kategoriyasidir, chunki bu bozor qonun-qoidalariga asoslangan faoliyat hisoblanadi. Buni umumiqtisodiy kategoriya bo‘lgan tejamkorlik va ishbilarmonlikdan farqlantiris. kerak. Bular azaldan bo‘lgan, ular cheklangan resurslardan yaxshi foydalanib, cheksiz ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Biroq bunga har xil vositalar bilan erishiladi. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan usuldir, chunki bu bozor qonun-qoidalariga asoslanadi, u yaratgan iqtisodiy vositalar yordamida amalga oshadi. Tadbirkorlik maxsus guruhga mansub kishilarning foyda topish borasidagi iqtisodiy xatti-harakatla majmui hisoblanadi.Yalpi ichki mahsulot - mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat. YaIM ning “ichki” deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o‘sha mamlakat rezidenti deb qaraladi. “Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan barcha iqtisodiy birliklar korxonalar, uy xo‘jaliklari rezident hisoblanishadi”. Elchixonalar va harbiy bazalar o‘zlari tegishli bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo‘lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug‘rofiy hudud o‘rtasidagi farq deb qaraladi. YaIM uch xil usul bilan hioblanadi: 1) ishlab chiqarish usuli; 2) xarajatlar usuli; 3) daromadlar usuli. Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar: -yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi; -bozor baholarida hisoblanadi; -faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga oladi; -sof moliyaviy bitimlar bahosini o’z ichiga olmaydi. Bozor sharoitida kichik biznesning ahamayiti juda katta. Hozirgi kunda kichik biznesdagi eksport bo’lgan maxsulotlar soni oshmoqda. Bu O’zbekiston Respublikasi uchun import massasini kamaytiradi va moliyaviy tomondan anchagina tejamkor maxsulot va tovarga erishamiz.Download 139.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling