Kichik biznes va subyektlarida marketing faoliyatini takomillashtirish


Download 326.8 Kb.
bet10/11
Sana16.01.2023
Hajmi326.8 Kb.
#1096512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning

4.1-rasm. Marketing dasturi majmui
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo'nalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki bo'g in uchun bo'lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo'g'in uchun bo'lsa, u qisqa va aniq tuzilgan bo'lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko'rsatiladi, pastki bo g in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savol yoritib beriladi.
Muddatiga ko'ra, marketing dasturlari qisqa, o'rta va uzoq muddatli turlarga boMinadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olinayotgan vazifasiga ko'ra, oddiy yoki maqsadli marketing dasturlar iga bo'linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmaning ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha masalalarni hal etishga yo'naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o'zlashtirish, firma siyosatini rag'batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Obyektiga bog liqligiga ko'ra, marketing dasturlari mahsulotlar va ishlab chiqarish bolimi bo'yicha bo'linadi.
Mahsulot bo'yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
27
• mahsulotning optimal texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ishlab chiqish;
• mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko'p variantli hisob-kitobinio'tkazish;
• yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va zarurligini asoslash;
• ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida
belgilash;
• iste’molchilarning maqsadli bozorda ko'zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda, har bir tovar bo'yicha sifat ko'rsatkichlarini o'rnatish;

  • har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);

  • maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o'xshash tovarlarini hisobga olgan holda, har bir tovar bo'yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.

Ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha marketing dasturi quyidagi maqsadgaega:
• tovar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotning zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
• innovatsiya bo'yicha qarorni asoslash;
• chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo'yicha qaror qabul qilish;
• tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o'rnatish;
• ishlab chiqarishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha xarajatlarning
umumiyhajmivatuzilishini hisoblash;
•moliyalashtirishmanbalarinitopish;

  • ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;

  • ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;

• ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha marketing dasturi firmaning to'liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko'rsatkichlarni o'z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo'yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo'limining xo'jalik faoliyatining jami ko'rsatkichlari to'plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
28
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan korxonaning moljallangan maqsadiga erishish va uning bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagicha:
1. Korxonaning imkoniyatlari tahlili aholitli tahlil). Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo'nalishlari. Korxonaning ichki vatashqimuhitlarini solishtirish.

  1. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash (Marketing sintezi). Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydagaerishishyo-Ilarini aniqlash.

  2. Strategiyani ishlab chiqish. Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko'zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish vaqtivaboshqalarnitanlash).

  3. Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirishtizimi.

  4. Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilning aniq bozor holatiga to'g ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.

7.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dasturini ishlab chiqish
Jahon amaliyoti tajribasidan ma’lumki, kichik biznes sub’ektlarining asosiy muammolari moliya, menejment va marketing bilan bog‘liqdir. Xorijiy manbalar tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, buni yaqqol isbotini ko‘ramiz. Kichik biznes sub’ektlari uchun eng muhim bo‘lgan quyidagi 10 ta biznes muammolari mavjud moliyaviy boshqaruv, sifatli jamoani yaratish, xodimlarga tibbiy yordam ko'rsatish, brendning o'ziga xosligini yaratish, o'z biznes ko‘lamini kengaytirish, qoidalarga rioya qilish, naqd pul oqimi bilan ishlash, samarali etakchi bo'lish, vaqtni boshqarish, qachon vakolat berish kerakligini bilish. Kichik biznes muammolari bilan shug’ullanuvchi yana bir mashhur amerikalik reklama bo’yicha mutaxassis Jey Konrad Levinson 1984 yilda kichik biznes
subyektlari qimmat reklamalarni bera olmaydi.Marketingi kichik byudjetli reklama va marketingni usuli hisoblanadi.Kichik korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish masalasi bilan marketing
29
bo’yicha yetakchi olim Kotler F. ham keng tadqiqotlari olib borgan . Kotler F. fikricha kichik korxonalarda marketing xizmati tadbirkorning o’zining tayyorgarligiga, ya’ni marketing bo’yicha malaka hamda ko’nikmalariga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Yoki boshqa yaxshi tayyorgarlik ko’rgan, bilim va malakasi yetarli bo’lgan iqtisodiy masalalar bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar tomonidan marketing xizmati yo’lga qo’yilishi mumkin .Mavzuga oid adabiyotlar sharhidan kelib chiqqan holda mahalliy kichik biznes subyektlarimiz faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolarini yoritish va uning yechimlari bo’yicha amaliy tavsiyalar berish maqsadi ilgari surildi O’zbekiston iqtisodiy o’sishining muhim va tayanch nuqtasi bo’lgan kichik biznesni rivojlantirishda marketing xizmatidan foydalanish dolzarb bo’lib bormoqda. Kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolarini yoritib berishda monografik kuzatuv, abstrakt-mantiqiy fikrlash, ilmiy mushohada, sintez, induksiya va dediksiya usullaridan foydalanilgan.
Marketing kompleksini ishlab chiqish qo‘yilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta’minlay oladigan marketing qurollarining kombinatsiyasini qo‘llashdan iborat .Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irratsional va hokazo) ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun kichik biznes sub’ektlari bozor vaziyatining xususiyatiga qarab, shuningdek, o‘zining imkoniyatlariga mos marketing vositalarining muayyan kombinatsiyasi asosida o‘zining strategik qarorlarini qabul
qiladi. Marketing kompleksi elementlarini shakllantirish bozor vaziyati va korxona imkoniyatlaridan kelib chiqib nihoyatda xilma-xildir. Ularning xilma-xilligi marketing vazifalarini hal qilishning ko‘pgina strategik usullarining mavjudligi, iste’molchilarning ehtiyojlari o‘zgarishi, raqobat usullarining xilma-xilligi va boshqalardan kelib chiqadi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan marketingni qo‘llash bo‘yicha kasb etgan tajribasi, shu jumladan, uni boshqarish tajribasi ham, bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Ularning marketing, imkoniyatlar to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurligiga, asosiysi esa, qo‘yilgan maqsadlarga erisha olishiga kichik biznes sub’ektida marketingdan ijodiy foydalanishning muvaffaqiyati yoki mag‘lubiyati bog‘liq bo‘ladi.Tadbirkor marketing sohasida chuqur bilimga ega bo‘libgina qolmay, marketingni kichik
korxona faoliyatiga joriy etish va bu ishni shaxsan boshqarishga qat’iy bel bog‘lashi kerak.

O‘zbekistonda sanoat marketingining rivojlanishi
Marketing elementlari respublikamiz hududida qadim-qadimlardanma’lum bo‘lib,
30
ayniqsa, eramizdan oldingi II asrdan XVI asrgachaBuyuk Ipak yo‘li nomi bilan
mashhur karvonlar o‘tgan mamlakatlardakeng qo‘llanilgan. Bunda, karvonsaroylar
katta xizmat ko‘rsatgan. Ulardaturli mamlakatlardan kelgan siyosatchi, ish odamlari,
tadbirkorlar,savdogarlar, sudxo‘r, vositachilar uchrashar, har xil iqtisodiy masa lalar:
ishlab chiqariladigan tovarlarning assortimenti, sifat ko‘rsat kichlari, o‘lchov birligi,
ularga bo‘lgan talab va taklif, baholar, soliqlar,xizmatlar va hokazolar haqida
axborotlar yig‘ilar, tahlil qilinar, o‘rtoq lashilar, kelishilar, shartnomalar tuzilar va
amalga oshirilar edi.Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon uning
iqtisodiyotining barcha jabhalarida yirik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa,
avtomobil sanoati, yengil sanoatda va qishloq xo‘jaligida yuksak darajada tayyor
mahsulotlar ichki va tashqi bozorga ishlab chiqarilmoqda. Chunki, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish, ichki va tashqi savdo sharoitining muttaqil o‘zgarib borishi,
bozor munosabatlariga o‘tish shart-sharoitini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini
atroflicha o‘rganishni taqozo etmoqda. Shuning uchun, respublikamiz olimlari va
ishbilarmon mutaxassislarining sanoat marketingi nazariyasi hamda amaliyotiga,
ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirishning yangi shakl hamda usullariga
qiziqishlari tobora ortib bormoqda. Bozor talabini yaxshi bilish, korxona mahsulotini
rejalashtirish, loyihalash, yaratish va ishlab chiqarishni, xaridor talabiga muvofiq
ravishda aniq amalga oshirish imkonini beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
sanoat marketingini yaratish va tashkil etishning yagona andozasi yo‘q.
Respublikamizdagi har bir korxona, ayniqsa,xorijiy mamlakatlar bilan tashkil etilgan
qo‘shma korxonalar tashqi omillar hamda xo‘jalik faoliyatini hisobga olgan holda,
o‘ziga mos marketing dasturini ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda. Keyingi
qisqa muddatda respublikamizda tijorat, axborot, reklamaning ramzibo‘lgan
marketingning ommaviyligi juda kuchayib ketdi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov
aytganidek: «O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va
respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan
shak-shubhasiz samarali foydalanadi.Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar
31
bergan taqdirda ham,ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish to‘g‘risida borayotgani yo‘q. Aniq-
ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha
mamlakatning o‘ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi»Hozirgi paytda
respublikamizda olib borilayotgan va rejalashtirilgan islohotlar asosan tayyor
mahsulotlar yaratish va ularni jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarishga
qaratilmoqda. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda esa, bevosita marketingni
boshqarish va bozor yo‘nalishidagi savdo-sotiqning yagona tizimi bo‘lishi-korxonani
boshqarishdan iborat bo‘ladi. Bu esa rahbariyat va umuman korxona faoliyatidagi
yanada yuqoriroq bosqich bo‘lib, korxona yangi ilg‘or texnologiyaga asoslangan
holda, bozor talablariga asosan ish yuritadi. Shuningdek, respublikamizdagi ishlab
chiqariladigan mahsulotlarning texnikaviy ko‘rsatkichlarini ham takomillashtirishga
katta e’tibor berilmoqda. Bunda o‘z navbatida, ishlab chiqarish xarajatlarigina emas,
shu bilan birga bozor narxlari darajasi ham e’tiborga olinmoqda. Ayniqsa, tovarlarni
o‘rash-joylash muayyan darajada mahsulotni sotishni tezlashtiruvchi va ayni paytda
tovarlarning firma reklamasini kengaytiruvchi muhim tadbir hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda ishlab chiqarish korxonalarida bozor iqtisodiyoti shakllanayotganligi
munosabati bilan boshqaruvning tashkiliy tuzilishini qayta qurish bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘plab korxonalarda marketing guruhlari tuzilgan. Bir qator mashinasozlik
korxonalaridagi mahsulot sotish (o‘tkazish)ni boshqarishning tashkiliy tuzilishini
tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ommaviy va ko‘p sonli turdagi ishlab chiqarish uchun
mahsulot sotishni boshqarishning markazlashgan tizimi, kamsonli va yakka tartibdagi
ishlab chiqarish uchun esa – markazlashmagan tizim xosdir. Markazlashmagan tizim
uchun sotish funksiyalarini turli xizmatlar bo‘ylab joylashtirish xos qoida tariqasida
buyurtmalar portfeli (reja funksiyasi)ni ishlab chiqarish bo‘limlari shakllantiradi,
sotish bo‘limi zimmasida esa tezkor-sotish vazifasi qoladi. Sotishni boshqarishning
markazlashgan tizimi uchun esa barcha mahsulot o‘tkazish funksiyalarini
korxonaning sotish bo‘limida jamlashtirish xosdir. Sotish bo‘limining tuzilishi asosini
tovar va funksional prinsiplar tashkil qiladi. Ba’zi sanoat korxonalari kichik mustaqil
32
marketing bo‘limlarini tuzgan. Masalan, Toshkent agregat zavodida besh kishidan
iborat mustaqil marketing bo‘limi yaratilgan. Bu bo‘limning funksiyalari
quyidagilardan iborat: tovar bozorini o‘rganish, reklama, xaridorlarga servis xizmati
ko‘rsatish.Ko‘rinib turibdiki, marketing bo‘limi ancha cheklangan marketing
vazifalari doirasini bajaradi. Bo‘limning tuzilishi mohiyatan hali shakllangan deb
bo‘lmaydi. Bunday holat O‘zbekistonning ko‘plab korxonalariga xosdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk
huquqi asosida o`ziga tеgishli bo`lgan mol-mulk nеgizida, shuningdеk, mol-mulkka
egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga ashyoviy huquq
tufayli o`ziga tеgishli bo`lgan mol-mulk nеgizida mustaqil ravishda amalga
oshiriladi; Kichik biznеs va tadbirkorlikning asosiy shakllari Kichik biznеs va
tadbirkorlikning asosiy shakllari shaxsiy tadbirkorlik dеganda yakka tartibdagi
tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdеk, mulkka egalik qilish va
(yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga
tеgishli mol-mulk nеgizida mustaqilravishda amalga oshirilishi tushuniladi;
birgalikdagi tadbirkorlik - oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik faoliyati, dеhqon
xo`jaligi, oddiy shirkatlar tushuniladi. Oilaviy tadbirkorlik - er-xotinning umumiy
(birgalikdagi) mol-mulkidan foydalanishda qonun oilaning voyaga еtgan boshqa
a'zolarining manfaatlarini inobatga olgan, xususan, agar tadbirkorlik faoliyati
obyеkti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog`liq oilaviy tadbirkorlik amalga
oshirilayotgan uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning
voyaga еtgan boshqa a'zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo`lgan taqdirda
amalga oshiriladi.
Ma'suliyati chеklangan jamiyat (MChJ) dеb, bir yoki bir nеchta shaxslar
tomonidan ta'sis etilgan xo`jalik jamiyati qabul qilinib, uning ustav fondi, ta'sis
hujjatlari asosida bеlgilangan miqdordagi qismlarga bo`lingan bo`ladi.Qo`shimcha
ma'suliyatli jamiyat (QMJ) dеb, ustav fondi va ta'sis hujjatlari asosida bеlgilangan
33
miqdordagi qismlarga bo`lingan jamiyatga aytiladi.
Xususiy tadbirkorlik - fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o`zlarining
tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish
maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor
xo`jalik faoliyatidir.Kichik biznesda tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli
bu xususiy tadbirkorlik bo’lib, bunda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik
faoliyatini yuritilishi tushiniladi.
Xususiy tadbirkorlik – xo’jalik yuritishning shunday huquqiy shakliki, unda
mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo’ladi va faoliyatdan kelgan daromadni (turli to’lov
va soliqdar to’langanidan keyin) hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf-xatar va tavakkalchilik uchun yakka o’zi javob beradi. Tadbirkorlikning ushbu shakli
chakana savdoda, umumiy ovqatlanish va maslaxat sohasidagi biznesda, maishiy
xizmatda, fermerchilikda, tibbiyotchilik amaliyotida va hunarmandchilikda ko’proq
uchraydi.
Kichik korxona dеb: еngil va oziq-ovqat sanoati, mеtallga ishlov bеrish va
asbobsozlik sanoati va 100 kishigacha;mashinasozlik, mеtallurgiya, yoqilg`i-
enеrgеtika sanoati va boshqalarda 50 kishigacha; xizmat ko`rsatish sohasida 25
kishigacha xodim ishlovchi korxonalariga aytiladi va ular kichik biznеs va
tadbirkorlik sub'еktlari uchun bеlgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning bеlgilangan o‘rtacha yillik sonini
oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun va kеyingi
uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va
huquqlardan mahrum etiladi.
“Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonun ham qabul qilinishining asosiy maqsadi
iqtisodiyotning turli sohalarida oilaviy tadbirkorlikni kichikbiznes va xususiy
tadbirkorlikning muhim shakli sifatida rivojlantirish uchunzarur qonunchilik bazasini
yaratish, oilaviy biznes uchun huquqiykafolatlarni kuchaytirish va yangi ish joylarini
tashkil etishdan iborat. Qonunbilan oilaviy korxona ishtirokchilari aniq ta’riflab
berildi, ularni ro’yxatgaolish va tugatishning aniq mexanizmi belgilandi, oilaviy
34
korxonaning infratuzilmaga ulanishi tartibotlari soddalashtirildi. Shuningdek, oilaviy
korxonalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi soddalashtirilganholda
amalga oshirilishi belgilandi.
“Raqobat to’g’risida”gi Qonunning o’ziga xos yangi jihatlaridan biri shuki, qonun
moliya bozorlarida monopollashish, raqobatning cheklanishi va ustunlik mavqyeini
suiiste’mol qilish holatlariga barham berib, sog’lom raqobat muhiti yuzaga kelishini
ta’minlaydi, ya’ni umuman olganda tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi
munosabatlarni tartibga soladi. Shu bilan birga, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga raqobatni
cheklaydigan hujjatlar qabul qilish hamda harakatlarni amalga oshirish taqiqlandi.


35


Maqsad — xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etadigan subyektlarni aniqlab, ularning
mahsulotini targ’ib qilish va chet ellik xaridorlar bilanshartnomalar imzolashiga
yaqindan yordam berish. Namangan tumanidafaoliyat ko’rsatayotgan “Istiqlol tekstil
dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati aynan jamg’arma ko’magida tashqi bozorga
chiqish huquqiga ega bo’lish arafasida turganini aytish kifoya.
Soliq imtiyozlari - bu soliqqa oid qonunlarga muvofiq soliqqa tortishbazasiga ega
bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarni to’liq yoki qismansoliq to’lashdan ozod
qilish. Bu imtiyozlar O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari asosida joriy etiladi. O’zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga
quyidagi imtiyozlar berilgan. Shular jumlasiga:
- yagona soliq to’lovi ishlab chiqarishni modernizasiyalashga, texnik va
texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga,
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish kabi
vazifalarga yo’naltiriladigan mablag’lar so’mmasiga besh yil davomida kamaytiriladi;
- yagona soliq to’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari,
"Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar,
1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilingan;
- ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini hisoblash
paytida, soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar qiymatiga
besh yil mobaynida, soliq solinadigan bazaning ko’pi bilan 25 foiziga kamaytirish huquqi berilgan;
- yagona soliq to’lovini to’lovchi bo’lgan mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalar yagona soliq to’lovi to’lash muddatini davlat ro’yxatidan
36
o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil muddatga kechiktirish huquqiga ega.


8. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Qonunlar, farmonlar, qarorlar va prеzidеnt I.A. Karimov asarlari.
Ўзбекистон Республикаси қонунлари.
1. Ўзбекистон Республекаси Конcтитуцияси. –Т.: Ўзбекистон. 2009. – 40 б.
2. Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида‖ги
Ўзбекистон Республикаси қонуни, 2000 йил 25 май
3. Ўзбекистон Республикаси ―Тадбиркорлик тўғрисида‖ги қонуни 2001 й.
4. Ўзбекистон Республикасининг ―Давлат тасарруфидан чиқариш ва
хусусийлаштириш тўғрисида‖ги Қонуни

5. Ўзбекистон Республикасининг ―Мулкчилик тўғрисида‖ги Қонуни
6. Ўзбекистон Республикасининг ―Хусусий корхона тўғрисида‖ги Қонуни
2003 йил 11 декабрь, 558–II-сон
7. Ўзбекистон Республикасининг ―Оилавий тадбиркорлик тўғрисида‖ги
Қонуни.
Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонлари ва қарорлари.
8. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Тадбиркорлик фаолиятини
янада қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги
ПҚ-1112-сонли Қарори 15 май 2009 й.
9. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Иқтисодиѐтнинг реал
сектори корхоналарини қўллаб-қувватлаш, уларни барқарор ишлашини
таъминлаш ва экспорт салоҳиятини ошириш чора- дастури
тўғрисида‖ги ПФ-4058 сонли Фармони 28-ноябрь 2008 й.
10.Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Микрoкрeдитбaнк»
aкциядoрлик тижoрaт бaнкининг тaдбиркoрлик субъeктлaрини қўллaaб
37
қуввaтлaш бoрaсидaги фaoлиятини янaдa кeнгaйтириш чoрa-тaдбирлaри
тўғрисидa‖ги ПФ-4051сонли фармони 10 нoябрь 2008 й.
11.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Иқтисодий ночор
корхоналарни тижорат банкларига сотиш тўғрисидаги тартибни тасдиқлаш
тўғрисида‖ги ПФ-4010–сонли Фармони 19 ноябрь 2008 й.
12. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Экспорт-импорт
операцияларини тартибга солиш борасидаги қўшимча чора-тадбирлар
тўғрисида‖ги ПҚ-288-сонли Қарори 24 феврал 2006 й.
13.Ўзбекистон Республикасининг ―Тадбиркорлик фаолиятини амалга
ошириш учун рухсат бериш тартиб-таомиллари турлари қисқартирилганлиги
ҳамда соддалаштирилганлиги муносибати билан Ўзбекистон
Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар
киритиш тўғрисида‖ги Фармони. Халқ сўзи, 2006, 5 апрель.
14.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Тўғридан – тўғри хусусий
хорижий инвестицияларни жалб этишни рағбатлантириш борасидаги
қўшимча чора – тадбирлар тўғрисида‖ги Фармони. Тошкент шаҳри 2005 йил
11 апрель, Халқ сўзи, 2005 йил 12 апрель.
15.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Кичик бизнес ва хусусий
тадбиркорлик йили‖ давлат дастури тўғрисидаги ПҚ-1474-сонли Қарори
.Каримов И.А. ―Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий сиѐсатни амалга
оширишда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг роли ва аҳамияти‖
мавзусидаги халқаро конферециянинг очилиш маросимидаги нутқи. Халқ сўзи,
15 сентябрь, 2012 й
Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya
yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom
Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi.
38
http://www.uzbekistan.uz
http://www. stat.uz;
.http://whttp://www.nbu.comww.press-service.u

Xulosalar
Kichik korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish masalalari malakali kadrlar va
vositalarning yo'qligi sababli ayniqsa dolzarb bo'lib qolmokda. Lekin shunga qaramay, bu
yerda marketingai qo'yidagi yo'nalishlarda tashkil etish mumkin:
1) boshqa kichik korxonalar bilan birgalikda muayyan marketing tadbirlarini, masalan, bozorni o'rganish, reklama kompaniyalari va hokazolarni o'tkazish;
2) maгketing vazifalarini koгxonaning eng yaxshi tayyoгgaгlik ko'rgan xodimiga yuklash;
3) marketing tadbirlari (sotish tarmog'ini shakllantirish, assortimentni rivojlantirish, jamoatchilik bilan ishlash va hokazo)ni ishlab chiqish va joriy qilish uchun maslahatchilar va ekspertlarni taklif etish;
4) tashqi bozor kon'yunktuгasini o'rganish, talab va taklif, naгxlar kon'yunkturasini tahlil qilib boruvchi marketing agentliklari, marketing tadqiqotlari olib boruvchi uyushmalar tashkil etish;
5) marketing markazlari, marketing firmalari faoliyatini rivojlantirish, ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarida marketing tadqiqotlari markazlari faoliyatini tashkil etish;
6) marketing autsorsing tizimini rivojlantirish, tajribali yirik korxonalarning marketing xizmati mutaxassislarining maslahatlari, marketing funksiyalarini bajarishga jalb qilish.


Marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir.
Marketing firmani uzoq muddatli, yuqori darajali foyda olishi niyatida faqat iste’molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyatihisoblanadi.
Bozorni o'rganish, bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi kunga kelib, har bir tadbirkorning eng asosiy vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan tadbirkorlikka keng yo'l ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan ko'plab firma va korxona uchun, ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sotish yo'llarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida tashkil etishi uchun sharoitlar yaratildi. Kichik biznes sub‘ektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo’nalishlarida olib boradi: bozor muhiti to’g’risida axborotni
39
o’z vaqtida olish va uni to’g’ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to’g’ri qo’yish va ularga erishishning asosiy yo’llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste‘molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish.“Bozor koalitsiyasi” asosidagi marketing tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo’lib, ular o'z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma‘lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi. Biznes-reja - bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish, kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir.. Biznes-reja bir nechta bo‘lim va ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, ularning soni korxonaning hajmi, o‘ziga xosliklari va boshqa xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda 8 - 12 bo‘limdan iborat bo‘lgan biznes-rejalar tavsiya qilinadi.Qaysi bo’limni biznes rejaga kiritilishi kichik biznes faoliyati yo‗nalishiga bog’liq.

Download 326.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling