Kichik biznes va subyektlarida marketing faoliyatini takomillashtirish


Download 326.8 Kb.
bet7/11
Sana16.01.2023
Hajmi326.8 Kb.
#1096512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning

Kichik biznes – kichik xo‘jalik yurituvchi subyektlar (kichik korxona, mikrofirma, xususiy tadbirkor)dan iborat.
Kichik biznes subyektlari – xususiy tadbirkor, mikrofirma (ishlab chiqarish sohalarida 20 tagacha, noishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 10 tagacha, savdo va umumiy ovqatlanishda 5 tagacha ishchilari bo‘lganlar), kichik korxona (yengil sanoatda 100 tagacha, og‘ir sanoat va qishloq xo‘jaligida 50 tagacha, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarda 25 tagacha ishchilari bo‘lganlar) hisoblanadi
Marketing- shunday jarayondan iboratki,uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtirilgan va amalga oshiriladi,narxlar tashkil etiladi, g’oyalar tavarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari
17
ayirboshlash yordamida qondiriladi.
4. Tadbirkorlik faoliyatida bozorni segmentlashning o’rni
Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentlash muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o'rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo'linadi: bozor segmentlash; iste’molchi talabi sabablarini о>ganish; qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentlash talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuv, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko'ra har xil talab qo'yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo'llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o'ziga xos bir talab namoyon bo'ladigan hodisa tarzida olibqaraladi.
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga talablari xilma-xildir, har bir xaridorning o'z didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentlash xaridorlarning talabiga muvofiq tovarning taklif etilishi va tovarga talabning qat’iyligini ta’minlaydi.
Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentlash deyiladi.
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko'p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo'lganmasalagabog'liq.
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to'g'ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o'rtasida paydo bo'lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
18
Bozorni segmentlash orqali, xo'jalik yurituvchi subyekt quyidagi maqsadlarniko'zlaydi:
• iste’molchilarni xohish va talabini maksimal ravishda hisobga olish;
• tovarni (xizmatni) va xo'jalik yurituvchi subyektni
raqobatbardoshliginita’minlash;
• xo’jalik yurituvchi subyekt xarajatlarini optimallashtirish;
• xo'jalik yurituvchi subyektning marketing strategiyasi
samaradorliginioshirish;
• raqobatchilardan xolis bo'lgan segmentlarga ketish.
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni
o'rganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlar hamda samarali sotish usullarini qo'llashdan iborat bo'lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor tun iste’molchilarni o'rganish va bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil subyektlardan tashkiltopganemas.
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo'yicha ularning sanoatlashuviga qarab bo'lishni ko'zda tutadi. Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq mezonlar bo'yicha guruhlargaboMadi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikauiyasiga bog liqligiga qarab bosqichma-bos qich chuqurlashadi.
Bozorni segmentlarga bo'lish xaridorlarning tovarga talablari va xaridorlar tavsiflari to'g'risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi.
19


Quyidagi 2.1-rasmda bozorni segmentlash turiari berilgan.





Download 326.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling