Kichik biznes va subyektlarida marketing faoliyatini takomillashtirish


Kichik biznes korxonalarida marketingni boshqarish yo‘llari


Download 326.8 Kb.
bet5/11
Sana16.01.2023
Hajmi326.8 Kb.
#1096512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning

. Kichik biznes korxonalarida marketingni boshqarish yo‘llari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor o‘z oldiga maqsad yoki biznes rejasini qo‘yib, undan olinadigan iqtisodiy samarani ko‘z oldiga keltiradi. Ijobiy natijaga erishish uchun mahsulotni ishlab chiqarishdan to iste’molchiga yetkazib berguncha yoki tovaming bozorda sotilishiga qadar boMgan jarayonni sifatli boshqarish bilan amalga oshiriladi. Mahsulotni yetishtirishdan boshlab uni tovarga aylantirish vazifasini marketing faoliyati olib boradi.Kichik biznes va tadbirkorlik korxonasida marketingni boshqarish marketing faoliyatini
9
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, me’yoriy va boshqa resurslaming majmuyi uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirish, boshqarishni talab etadi. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, ijod va izlanish, mclmat talab qiluvchi murakkab tizimdir. Murakkabligi shundaki, doimo rivojlanib, tez -tez o‘zgarib boradi.Tadbirkorlikda marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimining to‘g‘ri va murakkablik darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning tashkiliy tuzilish mezoni va maqsadi deganda, marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyutsiya o ‘zgarishlari va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. U, aw alo marketingning oldiga qo‘ygan maqsadi bilan belgilanadi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‘rsatgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Tadbirkorlik, asosan, ishlab chiqarishning ustuvorligiga asoslangan tizimda boshqaruv organlarining tashkiliy tarkibida injener-texnik xodimlar asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Chet eldagi yirik firmalar boshqaruv tarkibida boshqa bo‘limlarga nisbatan marketing boiim larida xodimlar ko‘p bo‘lgan bo‘limlari va sotishni boshqarish bo‘limlaridan iborat. Hozirgi sharoitda Respublikamiz korxonalarida tijorat bo‘limlari tashkil qilinib, unga korxona rahbarining tijorat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi. Bular ilgari ham mavjud bo‘lib, ular faqat uzoq muddatli shartnomalar tuzish bilan band bo‘lib, umuman, marketing muammolari bilan shug‘ullanmas edilar. Bozor sharoitida talabni o‘rganish, istiqbollash va tashkil qilish savdo tashkilotlarining vazifasi bolmay qoldi. Tovar ishlab chiqaruvchi korxona ham reklama, bozorni o‘rganish, bozor baholarini aniqlash, geografik, yoshiga nisbatan va boshqa mezonlariga asoslanib bozorni segmentlash bilan shug‘ullanishi lozim. Boshqacha qilib aytganda— agar ilgari xaridorlami o‘rganish faqat savdo tashkilotlarining vazifasi sanalgan boisa, marketingcha yondashishda tovar ishlab chiqaruvchilar ham xaridomi o‘rganishga harakat qiladilar.
10
Marketingning eng asosiy vazifalaridan biri - kafolatlangan yuqorisifatli, xaridor talabiga javob beradigan raqobat bardosh mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni tashkil qilishdir. Marketingga yondashishda tovar yuqori sifatli bo‘lishi uchun u sifat bo‘yicha xalqaro texnik standartlarga javob berish bilan birga m a’lum bozor segmentining ehtiyojiga ham javob berishi kerak. Shuning uchun marketing xizmatining markaziy vazifalaridan biri sifatli boshqarish sanaladi Korxonada marketingni boshqarish bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:
- funksional - bunda javobgarlik taqsimot, sotish, tashkilot va tovar harakatini tashkil qilish darajasiga tushadi;
- tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Bunda funksional tamoyillarga yana har bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘yiladi;
- bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Bunda funksional tamoyillarga, yana har bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘yiladi.
Funksional marketing bo‘limlarining tashkil etilishida marketing bo‘limlari marketing faoliyatining xususiy funksiyalari bo‘yicha bo‘linadi. Bu kabi tuzilmaga kichik ishlab chiqarish dasturi va tor tovar assortimentiga, kam sonli milliy bozorlar va ular segmentiga ega kichik korxonalar (marketing xizmatlari) kiradi. Funksional tashkil etishning yutuqlari bolimlarni boshqarishdagi soddalik, bajariladigan finksiyalarga yuqori javobgarlik, shu bilan birga qator kamchiliklarga ham ega:
- tovarlar bo‘yicha maxsus bolimlaming yo‘qligi;
- bozoming mintaqaviy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlaming yo‘qligi;
- bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talablariga operativ ta’siming sustligi;
- marketing tashkilotlari tadbirlarini moliyalashtirish masalalarini hal etishning murakkablashganligidir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida marketingni boshqarishda:- mehnat taqsimotiga amal qilish;
- hokimiyatga bo‘ysunish, intizom va tartibga rioya qilish;
- buyruq berishning yagonaligi, boshqaruvda yana boshchilik va kollegiallik;
11
- mehnatni moddiy va m a’naviy rag‘batlantirish;
- ishchi va xizmatchilaming doimiyligi, birligi va yagonaligi;
- tashabbuskorlik va haqqoniylik (obyektivlik);
- ilmiy asoslanganlik;
- tejamkorlik va samaradorlik tamoyillariga rioya qilinadi.
Tadbirkorlikda marketingni boshqarishda bir qator usul va uslubiyatlar mavjud boiib, ular marketing faoliyatini samarali amalga oshirishga qaratilgan hamda o‘rtaga qo‘yilgan asosiy maqsadlarga erishish jarayonida mazkur marketing xodimlari va korxona jamoasi faoliyatini uyg‘unlashtirishni ta’minlaydi. Marketingni boshqarish usullari marketing faoliyatini amalga oshirishda shakllanadigan mavjud munosabatlardan obyektiv sur’atda kelib chihadi. Bu munosabatlar turlichadir. Marketing faoliyatidagi turli munosabatlami bir-biridan farqlash marketingni boshqarish usul va uslubiyatlarini iqtisodiy, tashkiliy (m a’muriy), ijtimoiy psixologik usullarga boMishga imkon beradi.Kichik biznesda marketing xizmatini boshqarish usullarini, ularda aks etadigan iqtisodiy va boshqa munosabatlar turlariga qarab turkumlash bilan bir qatorda, bu usullarda xodimlaming faoliyat ko‘rsatishini hisobga olib, ularga ta’sir ko‘rsatish nuqtayi
nazaridan ham farq qilishi lozim.Ular quyidagilar:
- har bir xodimning huquqi va burchlaridan kelib chi qadigan faoliyat sabablari (majburiy, motivatsiya);
- moddiy manfaatlardan kelib chiqadigan sabablar;
- m a’naviy (ruhiy) sabablar.;
Shunga muvofiq marketingni boshqarish usullarini ham quyidagicha bo‘lish mumkin:
- bevosita direktiv usullar;
- xodimlar va jamoani rag'batlantirishga asoslangan usullar;
- mehnatni m a’naviy (ruhiy) rag‘batlantirishdan foydalanishni ko‘zda tutuvchi usullar.
Korxonani boshqarishning marketing amaliyotida bu usullaming hammasidan kompleks tarzda foydalaniladi. Shu boshqarish usullarining hammasi o‘zaro
12
chambarchas bir-biriga bog‘liq. Boshqarish mahorati - uning hamma usul va uslubiyatlarini bilishda, ularning muvofiqlarini tanlay olishda, biror aniq maqsad orqali xodimlarga va jamoalarga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali usullarini topa olishda. Marketingni boshqarish usullari hozirgi obyektiv qonunlardan foydalanish mexanizm tizimidagi eng muhim qismdir.

Download 326.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling