Kichik biznes va subyektlarida marketing faoliyatini takomillashtirish


Download 326.8 Kb.
bet3/11
Sana16.01.2023
Hajmi326.8 Kb.
#1096512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning

Marketingning asosiy













kategoriyalari







Tovar













Ayirboshlash







Qondirilganlik







1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari
5
Tovar ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiboni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo'ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek "...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotida imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh rnahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yolaklarini topish, bir so'z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur"
Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. Umuman, marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko'payishi va tadbirkorlar o'rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har tomonlama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:
•talabni o'rganish;
•bozor tarkibini aniqlash;
•tovarnio'rganish;
•raqobatsharoitlarinitadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarnio'rgatadi: •bozornio'rganish; •unitaqsimlash; •tovarlarnijoylashtirish;

  • marketing siyosatini olib borish; •tovarsiyosati; •narxsiyosati; •taqsimotsiyosati;

6

  • siljitish (yo'naltirish) siyosati;

yuksalish, qo'shimcha xizmatlar (Plus) - (bunga marka, sotishdan
keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortment,
shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo'lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o'rganish, ularga mos tovariar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Marketing tamoyillari marketing asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi Mat, talabdir. Marketingni mohiyati tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo'ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning asosiy tamoyillari:
•bozorni bilish;
•ungamoslashish;
•bozorgata’siro'tkazish.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
• iste’molchilarga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
• istiqbolga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga
yo'naltirilganbo'lishizarur;
•pirovard ko'rsatkichga erishishga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi,foydaoshishivahokazolar.
Marketing konsepsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga bo'linadi:

  • marketing tadqiqotlari;

  • mahsulot assortmenti ishlab chiqarish sohasini rivojlanti -rish; •sotish vataqsimot vazifasi;

7
•tovarnisiljitish;
•narxni tashkil etish vazifasi;
•marketing-menejment vazifasi.
Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning vazifalari xo'jalik yurituvchi subyektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari xo'jalik yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o'rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan. Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o'zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.

Download 326.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling