Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida
Download 0.58 Mb.
|
HISOBOT
tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida — tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda quyidagi usullar orqali kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini tashkil etish:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning hududiy filiallari bilan kasb-hunar kollejlari negizida mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda o‘zaro hamkorlikni tashkil etish; markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish; xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning professional malakasini doimiy oshirishda tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etish; ta’limni tashkil etish uchun oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari, amaliyotchi-mutaxassislar, yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. e) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida — mamlakatimizdagi tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish; biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash; tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yo‘naltirish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ularga huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam ko‘rsatish; tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlarga har tomonlama ko‘maklashish; ushbu muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash. Davlatimiz rahbarining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash to‘g‘risidagi xulosani berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Ya’ni, tadbirkorlik sohasidagi barcha loyihalar majburiy ravishda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi zarur. Nazorat organlari tomonidan rejalashtirilgan tekshiruvlar haqida avvaldan Savdo-sanoat palatasiga xabar berilishi, shuningdek, davlat organlari, jumladan, nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari huzurida tashkil etiladigan jamoat maslahat kengashlari tarkibiga Savdo-sanoat palatasi vakillarining kiritilishi tartibi joriy etilmoqda. Xulosa : Kichk biznes va tadbirkorlik korxonalarining ish faoliyati ularning moliyaviy faoliyati bilan chambarchars bog’liq. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama faoliyati natijalarini aks ettiradi. Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlardan asosiysi foyda hisoblanadi. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yki Tovar shaklidagi vosiytalarini ma’lum muddatgahaq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kreditning quyidagi asosiy shakllari mavjud: Tijorat krediti; Bank krediti; Iste’mol krediti; Davlat krediti va xalqaro kredit. Kreditlarning foiz stavkalari mamlakatning ssuda kapilatallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlarning foiz stavkalari esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Unga xalqaro moliya bozoridagi holatlar bevositata’sir ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarida samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: Ilg’or texnologiya va uskunalardan foydalanish; Xom-ashyo va materiallarning yangi turlarini qo’llash; Asosiy fondlardan unimli foydalanish; Mehnatni tashkil etishning samarali usularini qo’llash; Xorij fermalarining ilg’or tajribalaridan foydalanish va h.k. Foydalanilgan adabiyotalar ruyxati: 1 https: //www.uzavtoyul .uz/ sayti. 2.https://xs.uz/ sayti. 3.https://mineconomy.uz/ sayti. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling