Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari
Download 0.58 Mb.
|
HISOBOT
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq bazaviy hisob-kitob miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berish. Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda kafillik berish, biroq 8 milliard so‘mdan ortiq emas. Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish, shu jumladan: a) summasi 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lgan, biroq 5 foizli punktdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha milliy valyutada; b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga 2-ilovadagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan chekka va tog‘li tumanlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshiriladigan summasi 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan loyihalar uchun — 8 foizli punkt miqdorida qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan foizli stavka bilan milliy valyutada; v) summasi 10 milliard so‘mga teng miqdordan oshmaydigan xorijiy valyutada — tijorat banklari tomonidan belgilangan foizli stavkaning 30 foizgacha miqdorda, biroq 3 foizli punktdan ortiq emas; g) xorijiy valyutada — issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar yaratish va sovutgichlar qurish uchun 2017-yil 5-sentabrgacha xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha — belgilangan foizli stavkaning 50 foizi miqdorida; d) fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga, “Tomorqa xizmati” MChJlar hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 50 foizi miqdorida. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling