Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risida
Download 0.58 Mb.
|
HISOBOT
3.Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risida
Nizom Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi. Jamg‘arma o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Jamg‘armaning boshqaruv Kengashiga (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) hisobot beradi. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respubliksi iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Agentlikning qarorlariga amal qiladi. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega. Jamg‘arma barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: qarz oluvchi — tadbirkorlik tashabbusini amalga oshiruvchi kichik biznes va tadbirkorlik subyekti yoki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli shaxs (keyingi o‘rinlarda loyiha tashabbuskori deb ataladi); Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling