Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish


Agentlikning huquqlari va javobgarligi


Download 0.58 Mb.
bet4/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1445140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
HISOBOT

Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
kichik biznes va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ular bo‘yicha o‘z xulosalarini berish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan o‘z vakolatlari jumlasiga kirgan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Agentlikka yuklangan vazifalardan kelib chiqib tadbirkorlik sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Vazirlik bilan kelishgan holda kontrakt asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni kiritish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Vazirlik bilan kelishgan holda Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik bilan kelishgan holda Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;
Vazirlik bilan kelishgan holda o‘z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Agentlikning faoliyatini keng yoritish maqsadida saytlarni, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda sahafalarni yaratish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash xorijiy tadbirlarda ishtirok etish;
kichik biznes va tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlar ishtirokida tuzish;
tadbirkorlik subyektlariga xorijiy va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy va texnik yordamini jalb qilishda ko‘maklashish.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling