Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
Download 0.58 Mb.
|
HISOBOT
Jamg‘armani boshqarish
Tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan Kengash Jamg‘armani boshqaruvining oliy organi hisoblanadi. Kengash: Jamg‘arma moliyaviy yordam ko‘rsatishi uchun ishlab chiqarishning ustuvor sohalari va kichik tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari bo‘yicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi; Jamg‘arma vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlariga joylashtirish bo‘yicha cheklangan parametrlarni belgilaydi; Jamg‘armaning faoliyati, shu jumladan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga doir qarorlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; Jamg‘arma rahbarining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi, shuningdek, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillarining amalga oshirilayotgan operatsiyalar samaradorligi va taqdim etilgan resurslar, Jamg‘arma kafilligi hamda kompensatsiyalari natijalari haqidagi hisobotlarini muntazam eshitadi; Jamg‘arma tomonidan ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan moliyaviy yordamning boshqa turlarini ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; Jamg‘armani yillik auditdan o‘tkazish uchun, shu jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha auditorlik tashkilotini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan Ijro etuvchi direksiya Jamg‘armaning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi: Jamg‘arma joriy faoliyatini operativ boshqaradi; tijorat banklaridan tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘armaning kafilligi va kompensatsiyalarini taqdim etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bog‘liq holda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun Kengashga kiritadi; Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi; Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisob yuritilishini va hisobot berilishini ta’minlaydi hamda tasdiqlash uchun Kengashga taqdim etadi; Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishning tizimli monitoringini olib boradi; Jamg‘armaning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtirish yuzasidan Kengashga takliflar kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Ijrochi direktor Ijro etuvchi direksiyaning rahbari hisoblanadi. Ijrochi direktor bir paytning o‘zida Agentlik direktorining o‘rinbosari hisoblanadi. Ijrochi direktor Agentlik direktori bilan kelishgan holda malakali, shu jumladan, xorijlik mutaxassislarni ularning xizmat haqini Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lagan holda jalb qilishga haqli. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling