«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
4.3. Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko‘rsatuvchi maqom bo‘lib xizmat qiladi. Tijorat banki – aksiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo‘lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko‘rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko‘rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag‘lari o‘rtasidagi farqlardan shakllanadi. Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag‘larni jalb etish), aktiv (mablag‘larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to‘lovlari bo‘lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo‘linadi. Tijorat banklari mablag‘larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to‘lash bilan bog‘liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo‘ladi. Shu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aksionerlik banklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xo‘jalik va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob-kitob xizmati ko‘rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati to‘la mustaqildir. O‘z resurslari yetmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin. Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi o‘tkazi-ladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo‘limi mutaxassislari birja orqali o‘tayotgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byo’lletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan ahvolni o‘ziga xos ravishda aks ettiradi. Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit- moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling