«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

3.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun davlat
tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.
Litsenziya beruvchi organlar 3.3.1-jadvalda keltirilgan.
Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo‘lgan shaxsning ta’sis hujjatlari
nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan
so‘ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida qaror qabul qilinadi.


Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa,
bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bo‘lgan davlat organlari amalga
oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng, 15 kun mobaynida ariza va kerakli
hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza
o‘tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to‘laydi.
3.2.1-jadval.
Litsenziya beruvchi organlari
Litsenziya beruvchi
organlar
Faoliyat turi
Vazirlar Mahkamasi
-raketa-kosmik majmui;
-aloqa tizimlari;
-qimmatbaho metallar;
-qimmatbaho toshlar qazib olish;
-qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik buyumlari
yasash;
-havo taransporti va boshqa faoliyat turlari.
Adliya vazirligi
-yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shug‘ullanishga,
masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar.
Moliya vazirligi
-qimmatli qog‘ozlarni chiqarish;
-lotereya o‘yinlarini o‘tkazish va boshqalar.
Markaziy bank
-valyuta qiymatlari bilan operatsiyalar o‘tkazish;
-tijorat banklari ochish va boshqalar.
Ichki ishlar vazirligi
-ovchilik va sport o‘qotar qurollari va ularga o‘q-dorilar ishlab
chiqarish, tuzatish va sotish;
-sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish;
-tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan yokinlarni yokish, qayta
ishlash va sotish;
-narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar.


Sog‘liqni saqlash vazirligi
-farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;
-tibbiy xizmat ko‘rsatish;
-parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo tovarlarini
tayyorlash va boshqalar.
Xalq ta’limi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirliklari
-sog‘lomlashtirish va bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar
lagerlarini tashkil qilish;
-xususiy o‘quv muassasalarini ochish va boshqalar.
O‘zbekiston pochta va
telekommunikatsiyalar
agentligi
Aloqa xizmati ko‘rsatish.
Litsenziya ikki nusxada bo‘lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo‘l
qo‘yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga
topshiriladi.
Litsenziyada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
- litsenziya berayotgan muassasa nomi;
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;
- litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari;
- litsenziyaning ro‘yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada
belgilangan qonun-qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi
hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullansa, u holda litsenziya bergan
muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish
huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan
olib qo‘yiladi.


NAZORAT SAVOLLARI.
1. Tadbirkorlikni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashning zarurati nimadan iborat?
2. Qanday dasturlar asosida kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi amal
kilmoqda?
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash
tadbirlari qanday shakllarda amalga oshiriladi?
4. 2005, 16 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik
sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni mazmunini ifodalab bering.
5. Kichik biznesning afzalliklari nimalardan iborat?
6. Korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qullab –quvvatlash turlarini aytib bering?
8. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga litsenziya berish tartibi qanday?



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling