«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
so’mmasi zarar
so’mmasiga kamaytiriladi. Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nihoyatda qisqa g‘ki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida bo‘lmoqda. 7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) so’mmasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) so’mmasiga favqulodda foyda (zarar) so’mmasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda so’mmasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan so’mmasidan iborot bo‘ladi. 8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtig‘rida qoladigan foyda so’mmasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda so’mmasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda so’mmasidir. Lekin, sof foyda so’mmasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat sotilgan mahsulotnigina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymatini o‘zida ifodalaydi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ham hisobga olish usulida ushbu qatorga o‘rinlanadi. Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va operatsion xarajatlar kiradi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha xarajatlar, bank xizmat haki xarajatlari, valyuta kursining tushib ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi. Favqulodda xarajtalar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga keladigan xarajatlar kiritiladi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling