«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adolatning uchinchi talabi
Adolatning birinchi talabi, aholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini
ta’minlashdir. Adolatning ikkinchi talabi, el-ulusning haq-huquqini teng ta’minlagan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish. Adolatning uchinchi talabi, barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab, har bir inson o‘z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat. Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar sakkiz asr chamasi o‘tib, Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga ishonch xosil qilmoq uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan biridagi ushbu fikrga diqqat qilaylik: “Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga – oshib-toshib ketgan boylaru, kambag‘al qashshoqlarga bo‘linib ketishga yo‘l qo‘ymasligi kerak”. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qing‘ir yo‘llar bilan haddan tashqari boylik orttirib o‘zini qo‘yarga joy topolmay, “to‘qlikka sho‘xlik” qiladigan kimsalarning jilovini torti qo‘yish bilan birga, halol mehnat kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lsa, rag‘batlantirib borish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlariga aylangan. Iqtidorli 8[7] deganda biror soha bo‘yicha layoqatini ongli ravishda sezgan, o‘zidagi qobiliyatni to‘la namoyon qilish uchun qat’iyat ko‘rsata oladigan kishilar tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga – maqsadiga etadi, ya’ni o‘zini bor bo‘yicha ko‘rsatadi. Ular ishda mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi hislat va fazilatlarga ega bo‘lishadi, o‘z xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy ko‘z bilan qaraydilar, doimo olg‘a qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolishmaydi. Iqtidorli insonlar o‘z faoliyatlari bilan hatto ba’zi bir 8[7] Иқтидорли тушунчадан фарқли ўлароқ, истеъдод тушунчаси ҳам бор. Истеъдод – бу ҳар томонлама ривожланган, ниҳоятда кучли ва такрорланмас қобилиятдир. Қобилият, иқтидорни тинимсиз меҳнат туфайли тарбиялаш мумкин. Аммо истеъдод ибораси аждодида буюк сиймолар ўтган авлод фарзандлари орасида бирор истеъдод эгаси бўй кўрсатиб қолганда тилга олинади. kamharakat katta iste’dod egalariga qaraganda ham jamiyatga ko‘proq foyda yetkazishadi. Qayd qilingan fazilatlar mujassamlanmagan rahbar rahbarlik lavozimiga yoki tanish-bilish yoki qarindosh-urug‘chilik, yoinki pora berib erishgan. Bu nafaqat davlatning, balki butun xalqning turgan-bitgan sho‘ridir. 5. Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari 6. Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullari Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling