- kredit va nafaqalarga taalluqli takliflar tanlov asosida taqsimlanadi, natijalar
zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga etkaziladi. Ittifoq a’zolari o‘rtasida
munozarali masalalar
vujudga kelgan taaqdirda, ular o‘zaro kelishuvga muvofiq bu
masalani ittifoq nazorat kengashiga kirtishi mumkin. Qabul qilingan qaror ikkala
tomon uchun ham bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Javobgarlik va taqiqlar
- tadbirkorlar ittifoqiga a’zolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq kodeksiga
rioya etilishini talab qiladi;
- axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har
qanday tamoyillarini buzish,
ittifoqdagi muayyan a’zoning a’zoligini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi. Har bir aloqida
hol ittifoq boshqaruvi tomonidan ittifoq a’zosi ishtirokida ko‘rib chiqiladi;
- qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar
ittifoqi oldidan imkoniyat
mavjud bo‘lib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi ko‘rilishi mumkin.
Ko‘rib turibmizki, kodeksda gap tadbirkorning xulq-atvori me’yorlari
to‘g‘risida, uning ish usuliga, kishilar bilan
muomala qilish tabiatiga, ijtimoiy
qiyofasiga nisbatan madaniy jamiyat qurayotgan talablar to‘g‘risida bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: