«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

so’mmasi zarar
so’mmasiga
kamaytiriladi.
Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish
ehtimoli nihoyatda qisqa g‘ki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida
bo‘lmoqda.
7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)
so’mmasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) so’mmasiga favqulodda foyda
(zarar) so’mmasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda
so’mmasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi.
U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning
moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan so’mmasidan
iborot bo‘ladi.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtig‘rida qoladigan foyda so’mmasini
ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda so’mmasidan foyda
(daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida
aniqlanadi.
Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda
so’mmasidir. Lekin, sof foyda so’mmasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi
sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy


infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va
boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin.
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat sotilgan
mahsulotnigina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxi esa uning uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymatini o‘zida ifodalaydi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ham hisobga olish usulida ushbu qatorga
o‘rinlanadi.
Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va operatsion
xarajatlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha xarajatlar, bank
xizmat haki xarajatlari, valyuta kursining tushib ketishidan yo‘qotishlar va boshqa
sarflar kiradi.
Favqulodda xarajtalar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga keladigan
xarajatlar kiritiladi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling