«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4. Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish
usullari
Tadbirkor rahbar faoliyatida har xil ziddiyat (konflikt)lar va mojarolar uchrab
turadi. Mehnat shart-sharoitlari, mehnat natijalari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning
qondirilmasligi, mehnatdan qoniqmaslik tufayli tadbirkor rahbar va xodimlar
o‘rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu erda tadbirkor rahbar bilan
xodimlar o‘rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu hollardagi
ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud.
Moddiy-texnik sabablar – mehnat vositalari bilan mehnat jarayonlari, shart-
sharoitlari o‘rtasidagi ziddiyatlar. Asbob-uskunalar, jihozlar eskiligi uchun mehnat
sharoiti yomon, mehnat unumdorligi past va hokazo. Bular xodimlarga g‘amxo‘rlik
qilishga to‘siq, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilmasligiga sabab bo‘ladi.
Xo‘jalik-tashkiliy sabablar – mehnat natijalarini to‘g‘ri baholamaslik, mehnatni
to‘g‘ri taqsimlamaslik. Bular xodimlarda norozilik tug‘diradi.
Ijtimoiy-kasbiy sabablar – xodimlarning bilimi, malakasi va kasb mahoratini
nazar-pisand etmaslik, xodimdan o‘z o‘rnida foydalanmaslik, mehnat qonunchiligiga
amal qilmaslik.
Ijtimoiy-demografik sabablar – xodimlarning yoshi, jinsi, millati, ma’lumoti
kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik.
Ijtimoiy-psixologik sabablar – xodimlar faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanadigan
yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati, qiziqishlari, xotirasi, tafakkuri, his-tuyg‘usi
kabi ruhiy holatlar bilan hisoblashmaslik.
Tadbirkor rahbar faoliyatida qo‘l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham
ziddiyatli holatlar ro‘y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning
kalondimog‘ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo‘rsligi,


qo‘polligi, tundligi va boshqalar sabab bo‘ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi,
maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug‘diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o‘rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib
chiqishga sabab:
1) mehnat jarayonining noto‘g‘ri uyushtirilishi;
2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;
3) jamoa a’zosining o‘ziga xosligidir.
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to‘g‘ri idrok etishi, tahlil qilishi,
baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir ziddiyatli hodisaga holisona,
do‘stona, samimiy munosabatda bo‘lsa, masala to‘g‘ri echimini topadi, bordi-yu,
jizzakilik qilib, engiltaklik bilan baholasa, nosog‘lom axloqiy-ruhiy muhit paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o‘zini tutishi,
bosiq bo‘lishi, uzoqni ko‘zlashi, murosai madora qilishi, holatga moslashishi,
suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija beradi.
Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni bartaraf etish
yo‘llari quyidagilardan iborat:
1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning o‘tkirlashishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun chora-tadbirlar ko‘rish.
2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora
suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.
Vaziyatni to‘la idrok etish, o‘zlashtirish – «ahvol»ning xo‘jayini bo‘lib olish va
qat’iy chora ko‘rish.
Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur taxlil qilishi:
- mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbatlashishi;
- ularning maqsadi, qiziqishlari, hulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti va
boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini o‘rganish;
- mojaroli vaziyatning sabablarini, jamoaning unga munosabatini aniqlash;
- mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solishtirish;


- mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va tahlil qilish;
- mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini tanlash;
- tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari bilan
qiyoslab, taroziga solib ko‘rish;
- tanlangan va tekshirilgan usulni qo‘llab, mojaroni bartaraf etish;
- mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;
- mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni to‘g‘ri
yo‘lga boshlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo‘g‘indagi tadbirkor shuni tushunib
yetmog‘i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g‘amho‘rlik qilish, inson ruhiy
holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har bir a’zosi
mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning zimmasidagi
muqaddas vazifadir.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling