«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

 Adolatning birinchi talabiaholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini
ta’minlashdir.


Adolatning ikkinchi talabi, el-ulusning haq-huquqini teng ta’minlagan holda
kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib
chiqish.
Adolatning uchinchi talabi, barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga
bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab, har bir inson o‘z
ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar sakkiz asr chamasi o‘tib,
Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos tarzda ifoda topmoqda.
Bunga ishonch xosil qilmoq uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan biridagi ushbu
fikrga diqqat qilaylik: “Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga – oshib-toshib
ketgan boylaru, kambag‘al qashshoqlarga bo‘linib ketishga yo‘l qo‘ymasligi kerak”.
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qing‘ir yo‘llar bilan haddan tashqari
boylik orttirib o‘zini qo‘yarga joy topolmay, “to‘qlikka sho‘xlik” qiladigan
kimsalarning jilovini torti qo‘yish bilan birga, halol mehnat kishilariga imkoniyat
yaratib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lsa, rag‘batlantirib borish davlat
siyosatining muhim yo‘nalishlariga aylangan.
Iqtidorli
8[7]
deganda biror soha bo‘yicha layoqatini ongli ravishda sezgan,
o‘zidagi qobiliyatni to‘la namoyon qilish uchun qat’iyat ko‘rsata oladigan kishilar
tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga –
maqsadiga etadi, ya’ni o‘zini bor bo‘yicha ko‘rsatadi.
Ular ishda mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi
hislat va fazilatlarga ega bo‘lishadi, o‘z xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy ko‘z
bilan qaraydilar, doimo olg‘a qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon
cheklanib qolishmaydi. Iqtidorli insonlar o‘z faoliyatlari bilan hatto ba’zi bir
8[7]
Иқтидорли тушунчадан фарқли ўлароқ, истеъдод тушунчаси ҳам бор. Истеъдод – бу ҳар томонлама
ривожланган, ниҳоятда кучли ва такрорланмас қобилиятдир. Қобилият, иқтидорни тинимсиз меҳнат
туфайли тарбиялаш мумкин. Аммо истеъдод ибораси аждодида буюк сиймолар ўтган авлод фарзандлари
орасида бирор истеъдод эгаси бўй кўрсатиб қолганда тилга олинади.


kamharakat katta iste’dod egalariga qaraganda ham jamiyatga ko‘proq foyda
yetkazishadi.
Qayd qilingan fazilatlar mujassamlanmagan rahbar rahbarlik lavozimiga yoki
tanish-bilish yoki qarindosh-urug‘chilik, yoinki pora berib erishgan. Bu nafaqat
davlatning, balki butun xalqning turgan-bitgan sho‘ridir.
5. Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari
6. Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullari

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling