«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


 Tadbirkor va yollangan ishchilar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4. Tadbirkor va yollangan ishchilar
-tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniy qadr-qiymatlariga
nisbatan barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. U o‘z ishchilaridan qonunlarga
amal qilishini talab etadi va o‘zi ham shunga rioya qiladi;
5. Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa a’zolari
-tadbirkorlar ittifoqi a’zolari uchun qonunga muvofiq bo‘lgan (loyalnыy) raqobat
majburiydir va axloqning muayyan tamoyillariga amal qilishni talab qiladi;
- teng huquqli bo‘lmagan sharoitdagi har qanday bozor faoliyati (raqobat) qabul
qilingan me’yorlarga zid hisoblanadi. O‘z xususiy mahsuloti yoki xizmatlarini
raqobatchilar zaifligi hisobiga reklama qilish axloqsizlikka kiradi;
- raqobatchilik kurashida tadbirkor siyosiy mansubligi yoki jamiyatdagi
egallagan mavqeidan, afzalliklaridan foydalanishga haqqi yo‘q. Tadbirkorlar
raqobatchilarning mualliflik huquqi yoki patent huquqini tan olishi shart;


- kredit va nafaqalarga taalluqli takliflar tanlov asosida taqsimlanadi, natijalar
zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga etkaziladi. Ittifoq a’zolari o‘rtasida
munozarali masalalar vujudga kelgan taaqdirda, ular o‘zaro kelishuvga muvofiq bu
masalani ittifoq nazorat kengashiga kirtishi mumkin. Qabul qilingan qaror ikkala
tomon uchun ham bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Javobgarlik va taqiqlar
- tadbirkorlar ittifoqiga a’zolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq kodeksiga
rioya etilishini talab qiladi;
- axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har qanday tamoyillarini buzish,
ittifoqdagi muayyan a’zoning a’zoligini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi. Har bir aloqida
hol ittifoq boshqaruvi tomonidan ittifoq a’zosi ishtirokida ko‘rib chiqiladi;
- qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar ittifoqi oldidan imkoniyat
mavjud bo‘lib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi ko‘rilishi mumkin.
Ko‘rib turibmizki, kodeksda gap tadbirkorning xulq-atvori me’yorlari
to‘g‘risida, uning ish usuliga, kishilar bilan muomala qilish tabiatiga, ijtimoiy
qiyofasiga nisbatan madaniy jamiyat qurayotgan talablar to‘g‘risida bormoqda.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling