-Reklama solig‘i;
-Mahsulot hajmidan ijtimoiy sug‘urta bo‘limiga ajratma va h.k.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning odatda ikkita sharti
xarakterlanadi. Bular kassali va hisobga olish usullaridir.
Kassali usulning mohiyati
shundaki, bunda mahsulotlar ortib jo‘natilib hisob hujjatlari taqdim etilgan va
ularning hisob schg‘tlariga puli kelib tushgandan keyingina
sotilgan hisoblash va
tushum qatoriga qo‘shish, sotishga soliqlar
so’mmasini
ham ularning amalga oshish
davriga muvofiq hisoblashni xarakterlaydi. «Buxgalteriya hisobi to‘G‘risidagi»
qonunning qabul qilinishiga qadar respublikamizda ushbu usul qo‘llanib kelindi.
Mahsulot (ish va xizmat) larni sotilgan qatorga kiritishning g‘ki daromadlarni
tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo‘natilib hisob hujjatlari taqdim
etilgan vaqti bo‘yicha hisobga olishni xarakterlaydi. Bunda pul tushumlari g‘ki
to‘lovlarning amalga oshish vaqtiga ahamiyat berilmaydi.
Sotishga soliqlarning hisob
kitobi ham bevosita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo‘yicha hisobga olinadi.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan yalpi
moliyaviy natija foyda g‘ki zarar quyidagi bog‘lanishlar asosida aniqlanadi. YA’ni,
mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot (ish va
xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi.
Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va xizmat)
lardan
olingan foyda tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: