o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga
kelishidir.
Daromad va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy hususiyatlarini belgimlaydi,
ammo ularni moliyaviy natijalar hisobotida aks
ettirishda talab qilinadigan
mezonlarni aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o‘zaro farqlanishidagi
holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish
qatorlari
bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rganiladi. Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi.
Korxonada moliyaviy natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning
mavjudligi va ularni yo‘lga qo‘yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning
foydalilik darajaasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili
o‘tkaziladi.
Tahlil moliyaviy natijalar to‘G‘risidagi hisobotni o‘qish,
vertikal tahlil,
gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida olib boriladi.
Moliyaviy natijalar to‘G‘risidagi hisobotni o‘qishda uning satrlar bo‘yicha
ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy
katorlarning
qiymat ifodasi, hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha
ma’lumotlarga umumiy izox beriladi.
Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko‘p
qatorli usullarida o‘zaro farqlanishlarga va nisbiy o‘zgarishlar baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: