«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Gorizontal tahlilida esa moliyaviy natijalarning bo‘ylamasiga tarkiblanishi va
ularning o‘zgarishlari o‘rganiladi.
Asosli g‘ki trend tahlilida moliyaviy natijalar va ularning yillir bo‘yicha
o‘zgarishi, dinamikasi g‘ki asos yiliga nisbatan o‘zgarishdlariga baho beriladi.
Moliyaviy natijalar tahlilida qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga esa
korxona foydaliligi g‘ki natijaviyligi ko‘rsatkichlari, bozor aktivligi ko‘rsatkichlari
kiritiladi. Korxona foydaligini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida rentabellik
ko‘rsatkichlari olinadi. Bozor aktivligi ko‘rsatkichlariga aksiyalar, qimmatli


qag‘ozlarning foydalilik darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Ular
qatoriga bitta aksiyaga to‘G‘ri keladigan hisob foydasi (soliq to‘loviga qadar bo‘lgan
foyda), bitta aksiya to‘G‘ri keladigan sof foyda, bitta aksiyaga to‘G‘ri keladigan
dividend so’mmasi, aksiyaning bahosi va foydasi orasidagi nisbat koeffitsentlari
kiradi.
Moliyaviy natijalar tahlil tashqi va ichki sub’ektlar tamonidan olib boriladi.
Ichki sub’ektlar tamonidan olib boriladigan tahlil ichki moliyaviy tahlil qatoriga
kiritilib faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan olib boriladi.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki ham tashqi
axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda
korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha
o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi. YA’ni, ularning analitik qatoriga ko‘proq
ahamiyat beriladi.
Tashqi tahlil sub’ektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari,
aksionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bilan
bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin soxibkorlar kirishi mumkin.
Ularni ko‘proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo‘yicha
o‘zgarishlari qiziqtiradi. Agar aksiya egasi bo‘ladigan bo‘lsa, sof foyda va dividend
to‘loviga tortiladigan foyda so’mmasi, soliq idorasini soliq to‘loviga qadar bo‘lgan
foyda va unga qayta qo‘shiladigan xarajat moddalari, qarshi tomon, xaridor va
buyurtmachilar g‘ki sheriklarni korxonaning yil yakuni bo‘yicha iqtisodiy foydasi va
h.k.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling