«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

3.Kredit stavkasini aniqlash
Kreditning asosiy sharti – bu qarz uchun haq to‘lash. Bu haq qarz qilingan
so’mmaga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz
stavkasi deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan
pulning narxi foiz bo‘ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq, qarz pulining narxi – bu


uning ma’lum to‘lov ehtiyojini qondirish xossasidagi foydalanganlik uchun
beriladigan haq bo‘ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi to‘lov yoki harid
vositasida ishlatiladi.
Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stvakasini to‘laydi.
Foiz stavkasi oldindan belgilanadi.
Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = KF / KM * 100;
Bu erda, KFS – kreditning foiz stavkasi, %;
QF – qarz foizi, so‘m;
QM – qarz miqdori, so‘m.
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi.
Xalqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu
bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu-York, Frankfurt, Parij va Bryussel
shaharlarida joylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Bu omillarning
asosiylari quyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday mikdorda qarz
puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul
chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
10.2-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
SUB’EKTLARI FAOLIYATINI TAHLIL QILISH
3-ma’ruza mashg‘uloti
1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarning moliyaviy natijalarini tahlil
etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
2.
Moliyaviy natijalar to‘G‘risidagi hisobotni asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan
shug‘ullanuvchilarning io‘tisodiy manfaatlari


3. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari
Bozor iqtisodig‘ti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning oldiga
qo‘ygan asosiy maqsadi bu foyda olishdir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma
bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy
yakun sifatida o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor
iqtisodig‘ti davrida ko‘tariladi. Foydani barpo etish, uni realizatsiya qilish bu
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni, qiymat qonunini va xo‘jalik yuritish usuli
sifatida foydalanadigan xo‘jalik hisobining ob’ektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo
kengayishinini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni talab etadi.
Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya
qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtig‘jlari uchun foydalanish lozim.
Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti maqsadi sifatida qaraladi.
Jahon amalig‘tida foyda deyilganda ko‘pincha biznes samaradorligining tadbir
vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori
o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani
o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, yani
foydani aniqlash va o‘lchash - korxona o‘z moliyaviy hisobotini tayg‘rlashda
foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog‘lik bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling