«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

10.2. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari - ishlab
chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va
mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish
omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o‘z aksini topadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab
chiqarishga sarflangan haqiqiy harajatlarni tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida, to‘liq va
ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik
asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatishdir.
Mahsulot tannarxi korxona harajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning
mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasida
yuzaga keladigan barcha harajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotgning
(ishning, hizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan harajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi:


• bevosita moddiy harajatlar;
• bevosita mehnat harajatlari;
• ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan bilvosita ustama harajatlar. Bu
harajatlarning ko‘pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko‘rinishlarda
hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo, mahsulot ishlab chiqarishga
sarflangan barcha harajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona o‘lchov
birligiga - qiymat-pul ko‘rinishiga keltirish talab etiladi.
Ayrim turdagi ishlab chiqarish harajatlarini yaratilayotgan mahsulot tannarxiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqini
va iste’mol qilingan moddiy resurslar sarfini kiritish mumkin. Bunday harajat turlari
bevosita ishlab chiqarish harajatlari deb yuritiladi.
Ikkinchi bir harajat turlari bir necha xil mahsulot etishtirish jarayonida ishtirok
etishi tufayli (masalan, bir necha xil ekinlarga o‘g‘it tashigan traktor amortizatsiyasi)
ularga ketgan harajatlarni shu mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga
mutanosib taqsimlashga to‘g‘ri keladi. Bunday harajatlar bilvosita ishlab chitsarish
harajatlari yoki ishlab chiqarishga tegishli ustama harajatpar deb yuritiladi.
Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish
harajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo‘lish orqali topiladi:

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling