«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

10-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
SUB’EKTLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
1-ma’ruza mashg‘uloti
10.1. Ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risida tushuncha
10.2. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
10.3. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari
10.1. Ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risida tushuncha
Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni
amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar
(asosiy vositalar eskirishi, xom-ashyo va materiallar, yonilg‘i-moylash materiallari,
extiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil
qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga
keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish harajatlari;
- noishlab chiqarish harajatlari.
2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko‘ra:
- ichki harajatlar;
- tashqi harajatlar.
3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga nisbatai:
- doimiy harajatlar;
- o‘zgaruvchan harajatlar.
4. Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:
- bevosita harajatlar;
- bilvosita harajatlar.


5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati
natijasida yuzaga keladigan:
- mahsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar;
- davr harajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish harajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish
bilan bog‘liq quyidagi harajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy material harajatlari;
- bevosita mehnatga haq to‘lash harajatlari;
- ishlab chiqarishga taalluqli ustama harajatlar.
Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan
harajat turlari noishlab chiqarish harajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- mahsulotni sotish bilan bog‘liq harajatlar;
- boshqaruv harajatlari;
- boshqa operatsion harajatlar va zararlar;
- favqulodda zararlar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o‘ziga tegishli
resurslar sarfi (masalan, fermer xo‘jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo‘jalikning
o‘zida ishlab chiqarilgan yem-xashak, organiq o‘g‘itlar, asosiy podaga
o‘tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) korxonaning ichki
xarajatlarini,_tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa sub’ektlardan sotib olingan
resurslar uchun to‘lovlar korxoananing tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.
Qisqa muddatli davrada mahsulot hajmining o‘sishiga nisbatan doimiy va
o‘zgaruvchi harajatlar farq qiladi.
Doimiy harajatlar mahsulot hajmining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmay,
korxonaning ma’lum bir vaqt oralig‘ida sarflashi qat’iy belgilab qo‘yilgan o‘zgarmas
harajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizatsiyasi, boshqaruv


xodimlarining ish xaqi, sug‘urta to‘lovlari, telefon uchun abonentlik to‘lovi va ijara
to‘lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy harajatlarining o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik
mahsulotga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha doimiy harajatlar kamayib boradi.
O‘zgaruvchi harajatlar miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajining o‘sishi yoki
kamayishiga qarab o‘zgarib turadi, ya’ni mahsulot hajmi o‘zagrishiga mutanosib
bo‘ladi. O‘zgaruvchan harajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va unga nisbatan
ajratmalar, xom-ashyo, yonilg‘i-moylash materiallari, yoqilg‘i va energiya, transport
harajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. O’zgaruvchan harajatlarining o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bir birlik mahsulotga
to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha o‘zgaruvchi harajatlarning o‘zgarishiga unchalik ta’sir
ko‘rsatmaydi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling