«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

 Soliq stavkalarining turlari.
O‘zbekiston soliq qonunchiligi bo‘yicha soliq stavkalari proporsional, progressiv,
nolli va qisman regressiv stavka turlariga bo‘linadi.
Proporsional soliq stavkasi. Bunda oborot, harajat oshgan taqdirda ham stavka
o‘zgarmaydi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘ida, mol-mulk solig‘ida ob’ekt 10
ming so‘m bo‘lsa ham, 100 ming so‘m bo‘lsa ham, 1 mln. so‘m bo‘lsa ham stavka
(20 foiz va 3,5 foiz) saqlanib qolaveradi, ya’ni proporsiya o‘zgarmaydi.
Progressiv soliq stavkasi. Bu stavkada daromad yoki boshqa ob’ekt qiymati oshib
borish bilan birga soliq stavkasi ham oshib boradi. Masalan, bizning soliq
qonunchiligimizda jismoniy shaxslarning daromadiga soliq bo‘yicha shunday stavka
qo‘llaniladi.
Regressiv stavka. Bu soliq stavkasida daromad oshishi bilan yoki soliq ob’ekti
o‘zgarishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. 2001 yildan boshlab chet el
investitsiyasi bilan tuzilgan qo‘shma korxonalarda maxalliy xom ashyodan
foydalanish hissasiga qarab foydaga soliqdan kamayuvchi koeffitsientlari belgilanadi.
Nolli soliq stavkasi. Bu bizning soliq qonunchiligimiz bo‘yicha faqat qo‘shilgan
qiymat solig‘i bo‘yicha: eksportga tovar ortsa (qat’iy valyutaga sotsa), qishloq
xo‘jaligi uchun yoqilg‘i, moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar sotilganda hamda
chet el elchixonalarida ishlaydigan xorijiy davlatlar fuqarolariga tovarlar (ishlar,
xizmatlar) sotilsa qo‘llaniladi, ya’ni bu erda sotish oborotiga stavka qo‘yib soliq


hisoblanmaydi. Byudjetga ham shu tovarlar bo‘yicha soliq to‘lanmaydi. SHu
tovarlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘ilarga
to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinadi va yil oxirida qolsa qaytarib
beriladi.
Soliq imtiyozlari - bu Soliqdan qisman, to‘liq va vaqtinchalik engilliklar
berish va soliq bazasini kamaytirish yo‘li bilan imtiyozlar berishni ifoda etadi.
SHunindek soliq imtiyozlari deganda, soliq to‘lovchilarni soliq va yig‘imlarni
to‘lashdan qisman, vaqtinchalik va to‘liq ozod etish tushuniladi. Imtiyozlar to‘g‘ridan
to‘g‘ri to‘lanadigan soliq so’mmasidan berilishi mumkin. Aytaylik, korxona bolalar
kiyimi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lsa, daromadga soliqdan belgilangan foiz
o‘rniga imtiyozli soliq to‘laydi. Bu qisman ozod qilishga ham kiradi. Imtiyozlar
vaqtinchalik ham bo‘lishi mumkin. Jumladan, fermer xo‘jaliklari yangi tashkil etilgan
davrdan boshlab ikki yilgacha daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bizning soliq qonunchiligimizda soliq to‘lashdan to‘la ozod qilish xollari ko‘p
uchraydi. Masalan, korxonada jami ishlovchi xodimlar sonidan 50 foizidan
ko‘prog‘ini nogironlar, mehnat faxriylari tashkil etsa, yoki 75 foizidan ko‘prog‘i
maktab va maxsus o‘quv yurti talabalaridan iborat bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i,
foyda (daromad)ga soliq va boshqa Soliqdan tamomila ozod etiladi.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning
vakolatxonalarida va elchixonalarida ishlovchi chet ellik xodimlar, mutaxassislar
soliqdan mutlaqo ozod etiladi. Bulardan tashqari, soliq bazasini kamaytirish orqali
byudjetga to‘lanadigan soliq so’mmasini qisqartirish ham imtiyoz turkumiga kiradi.
Masalan, yuridik shaxslar o‘z daromadlarini investitsiyaga sarflasa, yoki uning uchun
olgan uzoq muddatli kreditlarni qaytarishsa, soliqqa tortiladigan bazadan 50 foizi
kamaytiriladi. Umuman olganda, imtiyozlar turkumiga soliqqa tortilmaydigan
daromad turkumlari ham kiradi. Masalan, fuqarolarning daromad solig‘i bo‘yicha bir
qator soliqqa tortilmaydigan daromad mavjud. Soliq qonunchiligi amaliyotida
imtiyozlar turi juda ko‘p bo‘lgani bilan ulardan foydalanish ancha murakkab.



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling