«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Nazorat va muhokama uchun savollar.
1. «Soliq va soliqqa tortish» fanini o‘qitishning zarurligi nimada?
2. «Soliq va soliqqa tortish» fanining predmeti va uning vazifalari nimada?
3. Fanning nazariy va amaliy asosi nimalardan iborat?
4. «Soliq va soliqqa tortish» fani mazmunida nimalarni o‘rgatish maqsadi yotadi va
uning kadrlarni tayyorlashdagi roli qanday?


9.2-MAVZU KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
SUB’EKTLARIDAN OLINADIGAN SOLIQ TURLARI
3-ma’ruza mashg‘uloti
1. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati.
2. Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi.
3. Soliq mexanizmi tushunchasi va tarkibi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Soliq tizimi va uning tarkibi.
5. Soliq elementlari.
1. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati.
O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xuquqiy asoslari mustaqillikning
dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi to‘g‘risida"gi Qonunida "SHu kundan e’tiboran O‘zbekiston
Respublikasi o‘zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi",-deb ko‘rsatilgan.
Qolaversa davlatning soliq siyosati asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
ham qayd qilingan.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Soliq sohasida o‘ndan ortiq
Qonunlar qabul qilingan edi. SHulardan eng asosiylari O‘zbekiston Respublikasining
"Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar Soliqi to‘g‘risida" va "O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlarning solig‘i to‘g‘risida" gi
Qonunlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar bo‘ldi. Soliqning
huquqiy asosi 1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan hamma
Soliqni o‘zida mujassamlashtirgan Soliq Kodeksi bo‘ldi. U soliq siyosatini amalga
oshirishga katta xuquqiy asos yaratdi. Har qanday tadbir, ish, faoliyat ilgaridan
belgilanib, aniqlab, rejalashtirib, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshiradi.


Siyosat deganda, davlatning ilgaridan rejalashtirib, aniqlab turib, amalga
oshiradigan chora tadbirlari yig‘indisi tushuniladi.
Soliq siyosati – davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini
ta’minlash hamda uni tashkil qilish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar faoliyatlar
yig‘indisidir. Faqat mustaqil davlatgina o‘zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo‘la
oladi.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi.
Davlat soliq siyosati Respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga,
bozor munosabatlarini boshqarishga har tomonlama faol ta’sir ko‘rsatadi.
Soliq pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy
bo‘lagi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir.
Jaxon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga
katta e’tibor beriladi:
1. Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik
yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish ;
2. Ijtimoiy - zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak bo‘lgan
moliyaviy manbalar bilan ta’minlash;
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda
qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish:
4. Aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va
ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini yaratish va vaqti - vaqti
bilan oshirib borish. Unda "iste’mol savatchasi" ma’lumotlarini e’tiborga olish,
Soliqdan kompleks foydalanish, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini qayta qurishga, ishlab
chiqarish infratuzilmasini yaratishga, xo‘jaliklar va axolining tovar sotib olish
qobiliyatini boshqarib turishga, qadrsizlanish jarayonida inflyasiyani jilovlab
turishga imkon beradi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatining ikki yo‘nalishi
mavjud:


1. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va
tashkilotlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish.
2.Soliq siyosatida axolining turli guruhlariga nisbatan xilma-xil yondoshishidir.
Nochor, kam ta’minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko‘proq imtiyozlar berish va
kam kuch sarflab ko‘p daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq
stavkalarini qo‘llashdan iborat.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling