«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMI. UMUMDAVLAT VA MAHALLIY SOLIQLAR 2-ma’ruza mashg‘uloti
- 1. "Soliq va soliqqa tortish" fanining predmeti va vazifalari.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Bankning passiv va aktiv operatsiyalarining mohiyati nimada? 2. Bankda kredit berish tartidi qanday tashkil etilgan? 3. Banklar bilan tadbirkorlar o‘rtasida bajariladigan operatsiyalarda o‘zaro munosabatlar qanday tashkil etiladi? 4. Banklar bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalari qanday bajariladi? 5. Tadbirkorlik faoliyatida soliq solish tartibini izohlab bering. 6. Soliq solish ob’ekti va bazasi nima? 7. Soliq stavkalarining tarkibi qanday tuzilgan? 8. Aksiz solig‘i nima? Uning amal qilish tartibi qanday? 9. Auditning asosiy maqsadi nimalardan iborat? 10. Auditorlarning huquq va burchlari nimalardan iborat? 11. Kichik biznes faoliyatida axborotning mohiyati va ahamiyati nimada? 12. Biznesda axborot turlari va ularning tutgan o‘rni qanday? 13. Axborot almashinuvining asosiy elementlari nimalardan iborat? 14. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimidan qanday foydalanadilar? 9.1-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMI. UMUMDAVLAT VA MAHALLIY SOLIQLAR 2-ma’ruza mashg‘uloti 1 "Soliq va soliqqa tortish" fanining predmeti va o‘rganish usullari. 2."Soliq va soliqqa tortish" fanini o‘rganishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan munosabati. 3. "Soliq va soliqqa tortish" fanining asosi va uning manbalari. 4. "Soliq va soliqqa tortish" fanining soliq xizmati va soliq sohasidagi mutaxassis xodimlarni tayyorlashdagi tutgan o‘rni. 1. "Soliq va soliqqa tortish" fanining predmeti va vazifalari. Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya’ni izlanish ob’ektiga ega bo‘ladi. Masalan, kimyoviy texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmining xarakteristikasini o‘rganish, "Soliq va soliqqa tortish" fanining predmeti soliqlar va soliq mexanizmini ya’ni soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlarni barcha elementlari yig‘indisini har taraflama o‘rganishdir. Soliq mexanizmi soliq tizimining amaliyotga tadbiq etilishini ifodalaydi. Bu harakat soliqqa tortish jarayonini pul munosabatlarining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliq undiruvchi davlat o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlashdan iborat. To‘g‘ri tashkil etish deganda, soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini inobatga oluvchi munosabatni tashkil qilish tushuniladi. Davlat byudjetiga soliq undirish soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarishni rivojlantirish rejasidan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti talablariga asoslangan munosabatlarni tashkil etishga harakat qilishdir. Talabalar "Soliq va soliqqa tortish" fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini bajarishda ham katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini anglaydi. Fanning vazifasi talabalarni va boshqa soliq faoliyati bilan bog‘liq xodimlarni soliqlarga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari hamda amaliyotga tadbiq etish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatishdan iboratdir. SHunindek, «Soliq va soliqqa tortish» fanining asosiy vazifasi rivojlangan xorijiy mamlakatlar soliq amaliyotini o‘rganish asosida qilingan xulosalar, ularning tajribalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga moslab tadbiq eta oladigan, nazariy, ilmiy va amaliy jixatdan bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat. «Soliq va soliqqa tortish» fanining usuli - bu ushbu fanni o‘zlashtirish uchun nimalarni bilish lozimligi tushiniladi. Demak bu fanni o‘rganish uchun talaba respublikamizdagi soliq qonunchiligida belgilangan barcha soliqlar, to‘lovlar va majburiy ajratmalarni bilishlari kerak bo‘ladi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling