«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini axborotbilan ta’minlashni


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini axborotbilan ta’minlashni
tashkil etish
Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas.
Bu axborotlar biznes uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat
bo‘ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va haridorlar o‘rtasidagi
aloqa shaklidir.
Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy
axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti, ta’minot
bo‘yicha, xodimlar bo‘yicha, ma’lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan
ishlaydilar.
Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va me’yoriy axborotlarga bo‘linadi.
Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat
bo‘ladi hamda korxona faoliyatini, uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini moddiy va


mehnat xarajatlari hajmini, naqd pul harakatini, debitorlik va kreditorlik qarzlari
haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni, hokimiyat
idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan aloqalarni
ifodalaydi. U tovarlarni sotish va harid qilish shartlari haqidagi tashqi muhit
xabarlaridan iborat bo‘ladi.
Foydalanish vaqti bo‘yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli,
o‘zgarish darajasi bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bo‘linadi.
Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rol o‘ynaydi, chunki ular tovar
ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish
jarayonidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Kichik korxonalar uchun ilmiy-texnik axborotlarning roli ham muhim, ular
ishlab chiqarishni ilmiy-texnik taraqqiyot asosida rivojlanishni aks ettiradi.
Doimiylik darajasi bo‘yicha axborotlar axborotlar doimiy, shartli-doimiy va
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Doimiy axborot o‘z ma’nosini uzoq vaqt davomida
o‘zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo tashkilotlari nomlari, tovarlar turlari va
boshqalar haqidagi axborotlar).
Shartli-doimiy axborotlar ma’lum vaqt davomida o‘z ma’nosini saqlab turadi.
Unga mahsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, me’yorlar, tarif miqdorlari, lavozim,
ish haqi va hokazolar kiradi.
O‘zgaruvchan axborotlar harid qilish va sotishning o‘sishini aks ettiradi. Ular
qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda,
ularni olishdan ma’no qolmaydi.
Har qanday axborot hujjatlarda aks ettiriladi. Hujjat – bu axborot tarqatuvchi
vositadir.
Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu hujjatlarni o‘quvchi, ulardan foydalanuvchi,
ularni qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning mehnat xarajatlari hujjatning
shakllariga bog‘liq. Biznesda keraksiz hujjatlarning bo‘lishi mumkin emas.


Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalarni ta’minlaydi.
Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, mahsulotlarni
sotuvchilar va haridorlar, turli muassasalar o‘rtasida zarurdir.
Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng
murakkab muammolaridan biridir.
Tadqiqotchilar tadqiqotning dastlabki bosqichida muammoni aniq belgilashlari
va tadqiqot maqsadini belgilab olishlari kerak. Axborotlarni yig‘ish ancha og‘ir va
ma’suliyatli ishdir. Muammoni mujmal yoki noto‘g‘ri belgilash ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga olib keladi. Aniq qo‘yilgan maqsad muammoni hal
qilishning asosidir.
Tadqiqotning keyingi bosqichida buyurtmachini qiziqtirayotgan axborot turini
va uni eng samarali yig‘ish yo‘lini aniqlash zarur. Tadqiqotchi ikkilamchi yoki
birlamchi axborotlarni yoki ikkalasini bir vaqtda yig‘ishi mumkin.
Ikkilamchi axborot – bu avval boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan mavjud
axborotdir.
Quyidagilar ikkilamchi axborot manbalarini tashkil etadi:
- korxonalarning hisobotlari;
- bo‘lg‘usi tadqiqotlar haqidagi hisobotlar;
- davlat muassasalarining nashrlari;
- korxona, muassasalarning balans hisobotlari;
- statistik ma’lumotnomalar;
- birjalar ma’lumotnomalari;
- gazeta va jurnallar, radio, televideniya eshittirishlari va h.k.
Ikkilamchi axborot tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. U
arzon tushishi va olinishi osonligi bilan ajralib turadi. Ammo tadqiqotchiga kerakli
ma’lumotlar eskirgan, noaniq, to‘liqsiz yoki ishonchsiz holda etib kelishi mumkin.
Bu holda tadqiqotchining yanada ko‘proq mablag‘lar va vaqt sarflashi orqali
birlamchi axborot yig‘ishiga to‘g‘ri keladi.


Birlamchi axborot – bu aniq maqsad uchun birinchi marta yig‘iladigan
axborotdir. Birlamchi axborot yig‘ishning uchta usuli bor:
1. Kuzatish usuli.
2. Tajriba usuli.
3. So‘rov usuli.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling