- yuridik shaxslar depozitlari 1239,2
1866,2
2834,6
4127,6
5953,2
- jismoniy shaxslar depozitlari449,5
678,3
994,6
1644,0
2749,9
Umumiy kapital
930,9
1070,1
1502,6
2104,3
3010,4
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2012-2016 yillar
mobaynida tijorat banklari
kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 marta
oshgan.
Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Bu esa banklar
monitoringi bilan shug‘ullanadigan xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan
xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko‘pdir.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini
qo‘llab-quvvatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri O‘zbyokiston Respublikasi
Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank»
aksiyadorlik
tijorat bankining tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini
yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq:
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha
muddatga beriladigan eng
kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo‘yicha
maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
- kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag‘larini
to‘ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari
miqdoridagi mikrokreditlar bo‘yicha – Markaziy
bank tomonidan qayta
moliyalashtirish stavkasining 100 foizidan 50 foiziga;
- kichik biznes sub’ektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish
haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo‘yicha
maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.