«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Biznes-maktab – tadbirkorlarni, kichik korxonalarning rahbarlarini, kichik
korxonalar uchun mutaxassislarni, ishsizlarni, o‘z ishini ochmoqchi bo‘lgan boshqa
fuqarolarni, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan xizmatchilarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tuzilma.
O‘quv-amaliy markazlari – kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bozor
iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashning keng miqyosli dasturini amalga oshiruvchi
tuzilma.
Biznes-inkubatorlar – maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o‘z
maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o‘qitish va ofis xizmatlarini
ko‘rsatuvchi tuzilmalar.
Ijtimoiy-amaliy markaz – ish bilan band bo‘lmagan aholi va ishsizlar o‘rtasida
kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan
shug‘ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi tuzilma.
Texnopark – o‘z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va
rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan
texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma.
Biznes-markaz – tadbirkorlar va biznesmenlarga servis xizmatlari ko‘rsatuvchi
tuzilma.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish sohasida
ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati ko‘rsatish va texnikaviy
loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat.
Auditorlik kompaniyasi – bu turli yo‘nalishdagi firmalarning bozor va biznes
sohasidagi imkoniyatlarini aniqlab beruvchi moliya-xo‘jalik faoliyatini yalpi taftishi
bilan shug‘ullanuvchi muassasa.
Sug‘urta kompaniyasi – sug‘urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya’ni
sug‘urta hodisasi ro‘y bergan chog‘da sug‘urtalangan shaxsning zararlarini qoplash
majburiyatini o‘ziga oluvchi tashkilot.


Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining
mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va
farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo‘lib
bormoqda.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling