«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati
samaradorligi tahlili
Pullarning yoki sarflangan mablag‘larning bugungi va kechagi qiymatlari o‘rtasidagi
farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda
kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffitsientlariga ko‘paytiriladi. Diskont
koeffitsientlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Kd = 1 / 1 + K*T ; (2)
bu yerda, Kd – diskont koeffitsienti yoki pul qiymatining o‘zgarish sur’ati
(odatda, bank kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz darajasida qo‘llaniladi);
K – foiz stavkasi, %;
T – investitsiya ajratilgandan boshlab o‘tgan vaqt, yil;
Masalan, bank stavkasi 10% ga teng bo‘lsa, uchinchi yil uchun diskontlash
koeffitsenti:
K = 1/ 1 + 0,1*3 = 0,769 ni tashkil etadi.
Bundan foydalanib, yuqorida ko‘rib chiqqan misolimiz uchun investitsiyaning
qoplanish muddatini aniqlaymiz. Buning uchun (1) formuladan foydalanib,
investitsiyaning qoplanishi kerak bo‘lgan davrda pul qiymatining farqini aniqlab
olamiz.
Diskontlanish koeffitsenti:
Diskontlanish daromadari:
1-yilda
1/ 1+0,1*1 = 0,9091;
25000 x 0,9091=22728
so‘mni
2-yilda
1/ 1+0,1*2 = 0,8333;
35000 x 0,8333=29166
so‘mni
3-yilda
1/ 1+0,1*3 = 0,7692;
48000 x 0,7692=36922
so‘mni


Shunday qilib, bank stavkasi 10% bo‘lgan holda, tashkil etadi. Jami bo‘lib,
uch yilda diskontlangan, ya’ni so‘mning bugungi kundagi harid qilish qobiliyatida
ifodalangan daromadlar hajmi 88816 so‘m (22728+29166+36922) ni tashkil etadi.
Demak, firma bo‘yicha investitsiyaning to‘liq so’mmasini qoplash uchun firmaga 31184
(120000-88816) so‘m yetishmayapti. Mana endi, to‘rtinchi yilda investitsiya umumiy
hajmining yetishmayotgan qismini yanada aniqroq qilib hisoblab chiqishimiz mumkin.
Demak, to‘rtinchi yilda diskontlangan daromadlar:
1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 = 38567 so‘mni tashkil etadi.
Endi firma uchun investitsiyaning yetishmayotgan so’mmasini (31184 so‘m)
hisoblab chiqilgan to‘rtinchi yildagi investitsiya so’mmasi (38567 so‘m) ga bo‘lib 0,81
ga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, firma investitsiyalarining qoplanish muddati 4 yilni
emas, balki 3,81 yilni tashkil etar ekan. Vaholanki, firma investitsiya xarajatlarining
ma’lum vaqt o‘tishi bilan qiymati (tannarxi) ning o‘zgarib borishini hisobga olmasdan
amalga oshirgan oldingi hisob-kitoblarimizdagi muddat 3,22 ni tashkil etgan edi.
Ammo, belgilangan davrlardagi muddatlar ichida barcha omillarni hisobga olib, yanada
aniqroq hisoblab chiqqan investitsiyalarni qoplanish ko‘rsatkichi ishlab chiqilayotgan
loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning 4 yil muddatga zo‘rg‘a yetishini ko‘rsatdi. Agar,
bank kreditlarining foizlari ham inflyatsiya darajasini hisobga olib borsa, unda ushbu
loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun,
investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish davomida ko‘zda tutilayotgan
(iqtisodiy) omillardan tashqari, ko‘zda tutilmagan (tabiiy, ijtimoiy, siyosiy) omillarni
e’tiborga olgan holda bir necha variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bunday holatlarda mavjud barcha investitsiyalash variantlarini investitsiyalarning
foydalilik darajalarini aniqlash orqali o‘rganib chiqish tavsiya etiladi. Foydalilik
ko‘rsatkichi sifatida foydalilik koeffitsienti deb ataluvchi kattalikdan foydalanish mumkin.
U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:


Foydalilik
koeffitsenti
=
Ko‘zda tutilgan daromadlar so’mmasi
(3)
Ko‘zda tutilmagan xarajatlar so’mmasi

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling