qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday
bo‘lishligini hisob-kitob qilib chiqish lozim.
Ikkinchi bo‘lim. «Biznes-rejaning
umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va
ko‘rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, biznes-rejaning asosiy g‘oya va
mazmunining qisqacha ko‘rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib,
aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo‘limda quyidagilar taqdim etiladi:
bosh maqsadning loyihasi
(bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi
va ularning bir-biridan farqi; qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llari va
usullari; loyihani
amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar;
kutilayotgan samara va natija; olingan foydani ishlatish sohasi.
Uchinchi bo‘lim. «Tadbirkorning iste’molchiga
taqdim qilayotgan mahsulot, tovar
va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor
ishlab chiqargan mahsulotning ko‘rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, surati
va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi
bo‘lgan iste’mollar (haridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar
sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt
doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga bo‘lgan talabga ta’sir
etuvchi
omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: