«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Bozor imkoniyatlarida biznesdagi kuchli tomonlarning muvofiqligi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

3. Bozor imkoniyatlarida biznesdagi kuchli tomonlarning muvofiqligi
Marketing ijodiy jarayon bo‘lib, maqsadi xaridorlar ehtiyojlarini foyda qilish orqali
qondirish hisoblanadi. Marketingga yo‘naltirilgan tashkiloti o‘zini o‘rab turgan
muhitga hamma jihatlari nuqtai nazaridan o‘zaro munosabatlarda ijodiy yondashish
yo‘llarini izlaydi.
Marketingdagi ijodiyot faqatgina marketing aloqalari jarayonlari bilan
chegaralanmasligi kerak. Biznes faoliyatida xaridorlar kimlar oxirgi iste’molchi
kimligini bilgani holda o‘rtadagi vositachilar kim bo‘lishini puxta aniqlab olish zarur.
Biznesda har qanday o‘sishning turli xil ko‘rinishlari va ehtiyojlari xizmat ro‘yxati
bo‘yicha vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘ziga tanqidiy baho berish nazaridan ko‘rib chiqilishi,
nima maqsadda amal qilayotganidan egallab turgan holatini auditdan o‘tkazish kerak.
SHunga muvofiq ularning:
· Strenghts (kuchli tomonlari);
· Weakness (kuchsiz tomonlari);
· Opportunities (imkoniyatlari);
· Threads (xavf-xatarlari) bozorda egallab turgan joyi ko‘rinishini aytish
mumkin
Puxta strategiyaga ega bo‘lganlar barcha maqsadlari, kontekstlari va biznes
siyosatida barcha elementlarni SWOT bilan uyg‘unlashtirish uchun imkoniyat
izlaydilar. Ko‘pgina omadli tadbirkorlar o‘z muvaffaqiyatlarini bozorning haqiqiy
ehtiyojlarini aniqlab olganliklari bilan bog‘lashadi, shu bilan birga ular potensial
xaridorlar va bozor imkoniyatlari bilan birga, o‘zlarining kuchli tomonlaridan ham
omilkorlik bilan foydalanadilar. Sotuvchining o‘z professional strategiyasidan
ko‘zlangan maqsadi “joyida o‘tiruvchi” tadbirkor ko‘zlagan maqsad bilan bir xil:
o‘ylash, to’zish, ishlab chiqish (yoki sotib olish) va mahsulotni bozorda sotish,
qisqasi:
· xaridorning haqiqiy ehtiyojlarini qondirish;


· biznesning real-kuchli tomonlarini ishga solish kabi.
Bozorni o‘rganish strategiyasi. Tadbirkorlik faoliyatida olib borilayotgan
izlanishlar natijasida umumiy bozor uchun marketing tadqiqotlarini alohida guruhlar
uchun o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu izlanishlar asosan “Maqsadli bozor”
deb yuritiladi.
Tadbirkor uchun bozorni o‘rganishga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar
chegaralangan. Shuning uchun maqsadli bozorni o‘rganish, tadqiq qilish jarayonida
asosan bir yoki bir necha bozor segmentlariga nisbatan marketing tadqiqotlarini olib
borish maqsadga muvofiq. Bozorni o‘rganishning bunday usuli marketing faoliyatida
ko‘proq iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, talabni qondirish va bozor hajmiga o‘z
ulushini oshirishdan iborat. Tadbirkorlik faoliyati bozor muhitida uchraydigan
ehtiyojlarni yangi mahsulotlar va xizmatlar bilan bilan qondirish orqali amalga
oshiriladi.
Bozordagi iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘liq tadqiq qilib bo‘lgandan keyin
esa bozor muhitidagi quyidagi omillarni rivojlantirish orqali maqsadga erishish
mumkin:
- sotish startegiyasi;
- iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish rejasi;
- tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy ahvoli rejasi;
- mahsulotlarni va xizmatlarni etkaib berish rejasi;
- targ‘ibot va tashviqot rejasi;
- qadoqlashni to‘g‘ri amalga oshiirsh;
- bozorga kirib borish rejasi.



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling