«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
-MAVZU. PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
6-MAVZU. PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL
ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI 2-ma’ruza mashg‘uloti Engil sanoatni klasterlash imkoniyatlarni baholashning korxonalarning vertikal va gorizontal integratsiyasi hamda raqobotda xamkorlik munosabatlari kabi omillar asosida takomillashtirilgan usuli “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi DM- 160-son ma’lumotnomasi). Klasterlash imkoniyatlarini baholash usuli viloyatlarda zamonaviy paxtachilik- to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha xukumat qarorlari loyihalarini asoslashda foydalanilgan. “Namangan tekstil klasteri” shaklida engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish modeli “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga joriy etilgan. Ushbu model asosida Namangan viloyatining “Toshbuloq teks” MCHJ bazasida paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilgan. XX asr oxiridan boshlab, Xitoy iqtisodiyoti tez sur’atlarda rivojlanishi sababli jahon bozorlarida raqobat keskinlasha boshlaydi. Amerika va Evropa kabi rivojlangan davlatlar ham o‘z bozorlarini raqobat ta’siridan himoya qilish maqsadida samarali marketing strotegiyalarini amaliyotda qo‘llay boshladi. Natijada “KLASTER” nazariyasi ishlab chiqildi va unga nisbatan turli xil metodologik yondashuvlar shakllana boshladi. O‘zbekistonda ham bu borada muayyan tajribalar to‘plangan bo‘lib, A.Bekmurodov, M.Boltaboev, Z.Adilova, D.Mirzaxalilovaning engil sanoatda klasterlarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovor. Klaster strotegiyasi asosida raqobatbardoshlikni oshirishda quyidagi umumiy ustunvorliklar mavjud: · mazkur strategiyani qo‘llash asosida ta’minotchilar, malakaviy xodimlar, axborot, xizmat va ta’lim markazlari o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatiladi, natijada korxonalarning mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yanada kengayadi; · ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan yangi innovatsion ishlanmalarni yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarishga joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratiladi; · engil sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish va sohaga oid ilmiy izlanish olib borayotgan xodimlar hamda mutaxassislar mehnati ko‘proq rag‘batlantiriladi va innovatsiyalar yaratishga motivatsiyalanadi. Jahon iqtisodiyotida klaster strategiyasidan samarali foydalanilmoqda. Jumladan, AQSH sanoatining 50% dan ortig‘ini klaster tarkibida faoliyat yurituvchi korxonalar tashkil etadi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 60%dan ortig‘i aynan klasterda faoliyat yurituvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida esa klasterlar soni 2000dan ziyodni tashkil etib. Ularda jami ish bilan band aholining 38 foizi faoliyat yuritadi. Klasterlarni shakllantirishdan maqsad-shahar, tuman va viloyatda joylashgan turdosh korxonalar va ular bilan yagona teznologik zanjirda faoliyat yurituvchi ta’lim. Ilmiy, injinering, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa turli xizmatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. SHu bilan birga, klaster innovayion ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asosida korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlash vositasi hisoblanadi. O‘zbekiston to‘qimachilik va engil sanoati tizimida klasterlarni shakllantirish masalasi klaster nazariyasining mohiyatidan kelib chiqib, mamlakat miqiyosida emas, balki mintaqalar-viloyatlardagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, ishlab chiqarishning to‘la siklini qamrab oluvchi vertikal va gorizontal integratsiyaga asoslangan innovatsion xizmatlarni uyg‘unlashtirish asosida ilmiy markazlar doirasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling