Boshqaruv qarorlari keng ma’noda hamma ob’ektiv
qonunlar asosida
jamiyatning moddiy va ma’naviy talablarini real qondirish imkoniyatlarining
kelishilgan shaklidir. Boshqaruv qarorlarini iqtisodga qo‘llasak - bu jamiyat va shaxs
talablarini ta’minlash maqsadida aniq ongli dastur asosidagi har akatdir.
Qo‘yilgan
masalaga qarab, mehnat va holatlarni aniq hisobga olib ishlab
chiqarishni eng maqbul rivojlantirish boshqaruv qarorlarining mazmunidir.
Qaror - bu boshqaruv
faoliyatining shunday shakliki, unga rahbar mehnati
gavdalanadi, mehnat jamoasiga maqsadga yo‘nalgan ta’siri o‘z irodasini topadi.
Qaror qabul qilishni tiklash - rahbarning etakchi faoliyat jarag‘ni,
keyingi boshqaruv
muvaffaqiyatini belgilaydi. Boshqaruv qarorlari turli darajada bo‘ladi.
Qarorlar quyidagi ko‘rinishga bo‘linadi:
1. Strategik qaror - bu istiqboliy qaror, unda iqtisodning uzoqqa mo‘ljallangan
rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilandi. Bunda uzoq davrni ko‘zlab
jiddiy
asoslangan va muvozanatlashtirilgan harakat dasturi asos qilinadi. Unda uzoq
muddatli maqsad ko‘zlanadi, ularni
boshqarish muddati belgilanadi, qo‘yilgan
masalani amalga oshirish va uslublari ko‘rsatiladi.
Joriy va xususiy muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilinadi (ishga
olish va ishdan bo‘shatish).
Qaror ta’siri bo‘yicha tashqi va ichki bo‘ladi. Tashqi qaror boshqa darajaga
qaratilgan, ichki - faqat alohida korxona bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Qarorlarni
ishlab chiqarish tashkiliy jihatdan yakka, kollegial va jamoaga bo‘linadi. YAkka
qabul
qilingan qarorni rahbar, kollegial qarorni - mutaxassislar guruhi, jamoa
qarorini
umumiy majlisda qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: