«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

2.Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxona rahbarining arizasi;
- hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
- muhr va tamg‘a bilan tasdiqlangan kartochkalar;


- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi haqidagi qaroridan ko‘chirma yoki notarius tasdiqlagan
ma’lumotnoma;
- soliq organidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Shundan so‘ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning
raqamini korxona nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi
qo‘yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin barcha tabdirkorlik sub’ektlari soliq
organiga ro‘yxat (identifikatsiya) raqami olish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan
vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat qilishlari lozim.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami soliq to‘lovchilarga, yuridik
shaxslarga soliq organi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ro‘yxatdan
o‘tish shaklini to‘ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspeksiyasida tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
bir marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini to‘xtashi munosabati
bilangina bekor qilinadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z identifikatsiya raqamini O‘zbekistan
Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qo‘llaniladigan barcha hujjatlarda
ko‘rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o‘z
omonatlarini to‘laligicha kiritadi (ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan
kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadi, korxona tuman soliq
inspeksiyasida ro‘yxatga olinadi, o‘zining dumaloq muhri va burchakli
shtampiga ega bo‘ladi. Shu vaqtdan boshlab korxona mustaqil yuridik shaxs
sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi.



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling