«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Vazifaviy tizimlar negizi ixtisoslashtirish g‘oyasiga tayanadi. Bunda har bir
bo‘g‘inga muayyan masalalar birkitib qo‘yiladi. Masalan, bir idora hisob-kitob,
ikkinchisi texnologiya, uchinchisi marketing bilan shug‘illanadi. Huquqiy
doiralarning cheklanganligi tufayli ixtisoslashtirilgan idora tamoyildan qabul
qilinayotgan qarorlar sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega. Lekin bitta bo‘ysunuvchi
idorada bir qancha vazifaviy rahbarlarning mavjudligi o‘ziga xos murakkablikni
keltirib chiqaradi.
Muntazam va vazifaviy qiyinchiliklarga xos qiyinchiliklardan xolos bo‘lishda
aralash (kombinatsiyalash) tizimlar – muntazam (shtabli) va cheklangan vazifali
aralash tizimlarning ahamiyati kattadir.


Dasturli – maqsadli tizim aralash tizimlarning alohida turi hisoblanadi.
Boshqaruvning aniq tizimini shakllantirish ijodiy jarayondir. Biroq tizimning ilmiy
jihatdan ishlab chiqilgan namunaviy shakllari qo‘llanilsa bu ishlarni yanada
osonlashtirish imkonini beradi.
SHu mazmunda boshqaruv idoraning barcha tizimli bo‘linmalari asosiy beshta
guruhni birlashtiradi.
Birinchisi – boshqaruv ob’ektlarini idora qiladigan tizimli bo‘linmalardir.
Bunda asosiy masala birinchidan idora qilinish ko‘lamini oshirib yubormaslik bo‘lsa,
ikkinchi tomondan uncha ko‘p bo‘lmagan ob’ektlarni rahbarlik qilish uchun juda
kichkina bo‘linmalar tashkil etolmaslikdan iboratdir.
Ikkinchisi – asosiy vazifaviy tizimli (rejali, hisob va nazorat bo‘yicha)
bo‘linmalar.
Uchinchisi – marketing vazifalari (ta’minot, sotish, fan-texnika taraqqiyoti,
moliya).
To‘rtinchisi – yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar (idora,
devonxona, arxiv va boshqalar).
Beshinchisi – idora rahbarligi, uning o‘rinbosarlari, assotsiatsiya, kengash va
boshqalar.
Tizimni takomillashtirish–boshqaruvni yuqori bosqichga ko‘tarishning muhim
imkonidir.
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog‘liqlikka
ega va qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funksional
turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi.


Chiziqli Funksional
Chiziqli shtabli Chiziqli funksional
SHartli belgilar: R - rahbar, B - boshliq, U - usta, F - funksional rahbar, SH -
shtab, 1,1; 1,2;1,3 - funksional bo‘limlar.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling