«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Matritsali struktura chiziqli va loyiha bo‘yicha boshqaruv tuzilmalarining
birlashtirilishi natijasida ko‘riladi. CHiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qolinadi,


loyiha bo‘yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo‘yicha
dasturlar, loyihalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish
mahsulotini tayyorlash, sotish va h.k.lar tashkil qilinadi.
5-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
5.3-ma’ruza mashg‘uloti
1.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
2.
Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir necha
bosqichdan iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 1-rasmda aks ettirilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini
tashkil etish tartibi
Ta’sischilar tarkibini
aniqlash va ta’sis
hujjatlarini ishlab
chiqish
Korxonani
tashkil etish va
uning faoliyati
haqida
ta’sischilar
tomonidan
shartnoma
tuzish
Korxona
nizomini
tasdiqlash va
bayonnomani
rasmiylash-
tirish
Bankda
Vaqtincha
hisob
raqamini ochish
Korxonani
ro‘yxatdan
o‘tkazish
Davlat reestriga
kiritish uchun
korxona haqidagi
Korxona
ishtirokchilari
omonatlarini
Bankda
doimiy
Hisob
Korxonani
tuman soliq
inspeksiyasida
Dumaloq muhr va
shtamp tayyorlashga
ruxsatnoma


ma’lumotlarni
tayyorlash
bankka to‘la
kiritish
raqamini
ochish
ro‘yxatdan
o‘tkazish
olish va ularni
tayyorlash
Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari,
ya’ni korxona nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va
boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish
komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi
rasmiylashtiriladi. So‘ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi.
Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega bo‘lgan korxonalar esa
O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tadi.
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vakolatli
organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ta’sischilarning arizasi;
- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari
(korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;
- davlat bojini to‘laganligi to‘g‘risida bankdan berilgan hujjat;
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi to‘g‘risida
berilgan guvohnoma;
- muhr va tamg‘aning uch nusxadagi namunasi.
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib,
ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog‘i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo‘lgan
muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat
reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo‘mitasiga xabar
qilinadi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan
hisoblanadi.


Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma nusxasi, hokimiyat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona nizomi hamda korxonaning
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi davlat orderi topshiriladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat
etilgandan so‘ng korxona rahbariyati:
- dumaloq muhr va tamg‘aga buyurtma berishi;
- bankda hisobvarag‘i ochishi;
- soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi;
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro‘yxatdan o‘tkazishi;
- bandlik markazidan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va tamg‘ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona
rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo‘limiga, korxonaning
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko‘chirma, hokimiyat
tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg‘a chizmalarini taqdim etishi kerak.
Ichki ishlar bo‘limi ruxsatni alohida xat ko‘rinishida beradi. Chizmalar esa
kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling