«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

To‘rtinchi bo‘lim. «Bozor konyukturasi, talab va sotuv hajmining tahlili»
bo‘limida talabni o‘rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo‘lib, bu bo‘limda
ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishini vaqt mobaynida belgilab beriladi.
Biznes rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi
bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bo‘lajak
haridor yoki savdo tashkiloti bilan bo‘lgan dastlabki bitimga tayanadi.
Ushbu bo‘limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligini,
raqobatchilar borligini, ularning imkoniyati va qobilyati, shuningdek, narx siyosatini


bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning
sotilish hajmi kiritiladi.
Beshinchi bo‘lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo‘lib, bu
bo‘limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish,
tijorat, moliya) bog‘liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar
bilan aloqa bog‘lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab
chiqarish; v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat
tadbirkorligiga oid); g) tovarni sotish jarayonida va sotgandan keyin haridorga
xizmat ko‘rsatish.
Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo‘lib, biznes-reja
bajarilishining boshqaruv uslubini; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro
etuvchi harakatlarning muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining
maxsus shaklini o‘rnatish, rag‘batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash,
hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi.
Oltinchi bo‘lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo‘limda tadbirkorlik loyihasini
amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va
uslubi haqida ma’lumotlar beriladi.
Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim
tayyor mahsulotlar, xom ashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar);
mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag‘lari, kapital qo‘yilmalar,
kreditlar, qimmatbaho qog‘ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik axborot).

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling