«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Yettinchi bo‘lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo‘lim biznes-rejaning
yakunlovchi qismi bo‘lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy
tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko‘rsatkichlari orasida foyda va rentabellik
ko‘rsatkichlari ustuvor mavqeiga ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy
samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo‘lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu


bo‘limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga
muvofiqdir.
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag‘larni qo‘yilishi haqidagi qarorni
tayyorlashda bir necha umumiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
- sof, joriy qiymat;
- rentabellik;
- samaradorlikning ichki koeffitsienti;
- kapital qo‘yilmalarning qaytarilish davri;
- pulning maksimal sarf-xarajati;
- zararsizlik me’yorlari.
Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani
amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt
davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo‘yilmalarga yoki aksioner kapitaliga nisbati
shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir
yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi.
3.
Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish asoslari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini
mablag‘ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo‘lib, katta tavakkalchilikni
talab etadi. Sarflangan mablag‘larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo‘lsa,
bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor
konyukturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to‘lovlari ham zimdan oshib boradi.
Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo‘lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat
ayrim tovar bozori, balki butun mamlakat uchun xos bo‘lsa) xarajatlari tezroq
qoplanadigan samarali loyihalarga mablag‘ sarflash maqsadga muvofiqdir. Bunday
yondashish ilmiy-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo‘lgan va yangi


texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda
qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan
tashqari, pulni oluvchi yetarli obro‘ga ega bo‘lmasa va mablag‘ egasi uzoq muddatga
unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag‘ning o‘zini qoplash muddatiga qarab ish
ko‘riladi.
Misol tariqasida, «Bek» kichik korxonasining mablag‘ bilan ta’minlanish va uni
o‘zlashtirish tartibini ko‘rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o‘zlashtirish uchun 120 ming
so‘mlik xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan
foydalanish natijasida korxona 35 ming so‘m daromad olishni ko‘zda tutmoqda. Shu
asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4
yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo‘sh, ushbu loyiha talabni qondira
oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Xarajatlarni qoplash
muddati
=
Boshlang‘ich investitsiyalar
120000
3,4yil
(1)
Har yilgi pul daromadlari
35000
Mazkur hisob-kitobdan ko‘rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish
muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya ajratishning
ushbu varianti qulaydir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili, har xil bo‘ladi. Odatda, ular ish boshida
kamroq bo‘lib, keyinchalik o‘sib borishi mumkin (agar loyiha biror bir aniq maqsadni
ko‘zlagan bo‘lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot haridorgir bo‘lsa). Bunday holatda
xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqacha bo‘ladi.
Faraz qilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bo‘lib, yillar bo‘yicha
ko‘zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo‘lsin:


birinchi yilda – 25 ming so‘m;
ikkinchi yilda – 35 ming so‘m;
uchinchi yilda – 48 ming so‘m;
to‘rtinchi yilda – 54 ming so‘m.
Bulardan ko‘rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so‘mni tashkil etadi.
Demak, investitsiyaning to‘liq qoplanishi uchun to‘rtinchi yili davomida atigi 12 ming
so‘m talab etiladi. Bu so’mmani to‘rtinchi yilda ko‘zda tutilgan daromadlar so’mmasi
(54 ming so‘m) ga teng bo‘lib, shu yil uchun xarajatlarni qoplanish muddatiga – 0,22
yilga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22)
tashkil etadi.
Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli soddaligi va aniqligi bilan ajralib
turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yo‘l qo‘yiladigan muddatda
qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investitsiyaning qaltisligi haqida ham
aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob
investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo‘shimcha bo‘la oladi.
Chunki, ular, ko‘pincha, kutilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik
yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o‘ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta.
Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o‘zgarishini hisobga olmaydi. Ikkinchidan,
yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to‘liq qoplangandan keyin tushadigan
daromadlar ham ko‘rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu
sababli, ushbu kamchiliklarni hech bo‘lmaganda qisman bartaraf etish uchun,
xarajatlarni qoplash muddatini so‘mning bugungi va kechagi qiymati o‘rtasidagi
farqni hisobga olgan holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.



Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling