«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


- jadval. «Bek» kichik korxonasining investitsiyalashtirilgan loyihalar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

8.2.1- jadval. «Bek» kichik korxonasining investitsiyalashtirilgan loyihalar
bo‘yicha foydalilik koeffitsientlarining hisob-kitobi
Loyiha
Ko‘zda tutilgan
xarajatlarso’mmasi,
ming so‘m
Ko‘zda tutilgan
daromadlar so’mmasi,
ming so‘m
Foydalilik
koeffitsienti
Ranglar


A
600
840
1,4
1
B
900
1305
1,45
2
V
300
390
1,3
3
G
700
770
1,1
4
D
1200
1260
1,05
5
Agar foydalilik koeffitsientiga e’tibor bermasdan, faqat ko‘zda tutilgan
daromadlarning maksimal miqdorlariga qarab ish yuritilganda D, B va V variantlar
tanlangan bo‘lardi. Bunda jami xarajatlar 2,4 mln. so‘mni tashkil etgan holda, korxona
daromadi 2,955 mln. so‘mni tashkil qilardi. Agar foydalilik koeffitsientini hisobga
olib tuzilgan investitsiya loyihasini amalga oshirganda, olinadigan daromad hajmi
3,305 mln. so‘mni tashkil qilishi mumkin edi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bo‘lishi mumkin bo‘lgan
kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham investitsiya mablag‘larini
ajratishning variantlaridan biri bo‘lib, bunda ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir
loyiha bilan parallel amalga oshirilishi mumkin. Masalan, yangi sex qurilishi butun
zavodga xizmat qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstruksiyasi uchun
ma’lum darajada mablag‘ qo‘yishni talab etadi. Bunday holda, ikkala investitsiya
mablag‘ini sarflash loyihasining ham foydalilik koeffitsientini hisoblab chiqish lozim.
Bunda ushbu koeffitsientlarning individual darajalariga e’tiborni qaratish shart emas.
Misol uchun, firmada 600 ming so‘m mablag‘ sarflab, 840 ming so‘m daromad
keltiriladigan loyiha bor. Bunda foydalilik koeffitsienti 1,4 (840/600) ni tashkil etadi.
Lekin, shu bilan birga, firma umumzavod xo‘jaligini takomillashtirishga yana 100 ming
so‘m sarflashi zarur. Bu esa daromadlilikni faqat 60 ming so‘m miqdoridagina o‘sishiga
olib keladi yoki boshqacha qilib aytganda, bu loyiha bo‘yicha foydalilik koeffitsienti 1


dan kichik bo‘lib, 0,6 (60/100) ni tashkil etadi. Biroq, agar bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lgan ushbu loyihalar bo‘yicha investitsiyalar miqdorini va kutilayotgan daromadlarni
qo‘shsak, bunda birinchi holatda 700 ming so‘m (600+100), ikkinchi halatda esa 900
ming so‘m (840+60) kelib chiqishini ko‘ramiz. Shunday qilib, umumiy (integral)
foydalilik koeffitsienti 1,29 (900/700) ni tashkil etadi, ya’ni 1 dan ancha yuqori. Bu
esa bizga ikkala loyihani bir vaqtda amalga oshirish uchun qancha mablag‘ sarflash
mumkinligini ko‘rsatadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling